Amet Abdullayevich Memet (1954-yil 22-iyunda tugʻilgan) — oʻzbek va ukrainlik futbolchi, himoyachi. Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Memet Amet Abdullayevich | ||
| Tavallud sanasi | 1954-yil 22-iyun | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1980 | | (10 (1)) | |
| 1984 | | (23 (3)) | |
| 1984 | | (JTJ) | |
| 1985-1987 | | (87 (6)) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 2000 2009 | | ||
| 2009 | | ||
| 2010 | | ||
| 2013 | | ||
| 2013-2014 | | ||
| 2014-2016 | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
Amet Abdullayevich asosan Oʻzbekiston SSR futbol klublari safida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surgan. Futbolchi eng katta shon-shuhratni Namanganning „Tekstilshik/Avtomobilist“ (hozirgi „Navbahor“) jamoasidagi oʻyinlari evaziga qoʻlga kiritgan. Shuningdek, „Yoshlik“ (Toʻraqoʻrgʻon), „Kosonsoy“ va „Chortoq“ klublarida ham toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati
Amet Abdullayevich murabbiylik faoliyatini 1990-yillarda boshlagan. 2000-yilda Namanganning „Navbahor“ klubini boshqargan boʻlsa, 2009-yilda bir muddat „Bunyodkor“ bosh murabbiyi va oʻsha vaqtda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovning yordamchisi (bosh murabbiy) lavozimida faoliyat yuritgan. 2010-yilda „Andijon“, 2013-yilda yana „Navbahor“ va 2013—2014-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ klublarini boshqargan. 2014—2016-yillarda „Bunyodkor“ murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekistondan koʻchib ketgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, amet memet haqida ma’lumot. amet memet nima? amet memet nimani anglatadi?