Abdurahmon (1844—1901.1.10) — Afgʻoniston amiri (1880—1901). Doʻstmuhammadxonning nabirasi. Taxt uchun oʻzaro nizolarda magʻlubiyatga uchragach, Turkistonga qochgan (1869). 1878— 1880-yillardagi ingliz-afgʻon urushi davrida vataniga qaytib, Shimoliy Afgʻonistonda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan (1880). 1880-yil 31-iyulda Zammada Afgʻoniston amiri deb tan olingan. Abdurahmon Afgʻonistonning hududiy yaxlitligini saqlashga intilgan, biroq Angliyaning zoʻravonligi ostida „Dyurand chizigʻi“ni Afgʻonistonning sharqiy chegarasi deb tan olishga majbur boʻlgan (1893). Unga koʻra, koʻplab afgʻon aholisi yashaydigan hududlar Angliyaning Hindistondagi mulklari qatoriga kiritilgan. Abdurahmon ichki nizolarga barham berib, mamlakat xoʻjaligini mustahkamlashga imkon yaratib bergan hukmdor sanaladi.
| Abdurahmon pushtucha: عبد رحمان خان | |
|---|---|
![]() Amir Abdurahmon | |
| Mansab davri 1880 – 1901 | |
| Avvalgisi | Ayyubxon |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Kobul |
| Millati | Pushtun |
| Turmush oʻrtogʻi | Mirmon Halima |
| Otasi | Muhammad Afzalxon |
| Dini | Islom |
| Mansubligi | Barakzay sulolasi |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdurahmon haqida ma’lumot. abdurahmon nima? abdurahmon nimani anglatadi?
