Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991).
| Qadriddin Aslonov | |
|---|---|
| Tojikiston Prezidenti v.b. | |
| Mansab davri 1991-yil 31-avgustdan – 1991-yil 20-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Akbar Mirzoyev Abdumalik Abdullajonov |
| Oʻtmishdoshi | Rahmon Nabiyev |
| Vorisi | Rahmon Nabiyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-avgust 1951-yil Kevron |
Biografiyasi
Qadriddin Aslonov 1947-yil 29-mayda Tojikistonning Garm viloyatida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini ustaxona mudiri sifatida boshlagan. 1969-yildan 1973-yilgacha kolxozda brigada mexanigi boʻlib ishlagan.
1973-1983-yillarda Tojikiston komsomolining Kolxozobod tuman komitetining ikkinchi, keyin birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasi boshqaruvchisi, Qoʻrgʻontepa viloyat qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarish-texnik taʼminlash birlashmasi raisi boʻlgan.
1983—1988 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. 1988—1989-yillarda Tojikiston Davlat qishloq xoʻjaligi sanoati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
1989—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1990-yilda Tojikiston Oliy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil 30-noyabrdan 1991-yil 23-sentyabrgacha Tojikiston Oliy Kengashi raisi boʻlgan. Bu lavozimda Aslonov oʻz farmoni bilan Respublika Kommunistik partiyasini tugatdi va uning mulkini milliylashtirdi.
1991 yil sentyabr oyida – Tojikistonning vaqtincha prezidenti. 21-sentyabrda Qadriddin Aslonov Dushanbedagi Ozodi maydonidagi Lenin haykalini buzish va Tojikiston Kommunistik partiyasini taqiqlash haqidagi farmonlarni imzoladi. Kommunistik partiya tarafdorlari 23-sentyabr kuni farmonga qarshi miting oʻtkazdilar. Dushanbeda Oliy Kengashning favqulodda sessiyasi ochildi, unda Aslonovning noqonuniy xatti-harakatlari va poytaxtdagi siyosiy vaziyat masalalari muhokama qilindi.
1992-yil noyabr oyida (aniq sanasi nomaʼlum) Sangak Safarov tomonidan oʻldirilgan. Tojikiston Respublikasi Sarband viloyatida (sobiq Kalininobod viloyati) dafn etilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qadriddin aslonov haqida ma’lumot. qadriddin aslonov nima? qadriddin aslonov nimani anglatadi?