Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 1994—2003-yillarda va 2012—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.
| Abdulaziz Hafizovich Komilov | |
|---|---|
Камилов Абдулазиз Хафизович | |
![]() | |
| Mansab davri 2012-yil 13-yanvar – 2022-yil 27-aprel | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Elyor Gʻaniyev |
| Vorisi | Vladimir Norov vazifasini bajaruvchi |
| Mansab davri 1994-yil 11-sentabr – 2003-yil 14-martgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Saidmuxtor Saidqosimov |
| Vorisi | Sodiq Safoyev |
| Mansab davri 2003-yil 14-mart – 11-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Saidmuxtor Saidqosimov |
| Vorisi | Sodiq Safoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 16-noyabr 1947-yil Yangiyoʻl, Toshkent, Oʻzbek SSR |
| Bolalari | Doniyor Komilov |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan
Taʼlim
Oliy maʼlumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 1978-1980 — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Mehnat faoliyati
1973—1976-yillarda SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, 1980—1984-yillarda SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, 1984—1988-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, 1988—1991-yillarda SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, 1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, 1994-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan. 1994—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, shu bilan birgalikda 1998—2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, 2003-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, 2003—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2004—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi kabi elchilik vazifalarida faoliyat olib borgan. 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2012-yil 13-yanvardan 2022-yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, 2022-yil 27-apreldan 16-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yil 16-iyundan — Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Arab va ingliz tillarini biladi.
Mukofotlari
Fidokorona xizmatlari uchun ordeni.
Mehnat shuhrati ordeni.
2-darajali Ismoili Somoniy ordeni.
Uygʻonish ordeni.
Oʻzbekiston belgisi nishoni.
O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni.
Oilasi
Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Oʻgli — Doniyor Komilov, iqtisodchi va tadbirkor. „Metropol Group“ masʼuliyati cheklangan jamiyati egasi. Bu shirkat 2021-yil 17-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib oldi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdulaziz komilov haqida ma’lumot. abdulaziz komilov nima? abdulaziz komilov nimani anglatadi?


