Mixail Yefimovich Fradkov (ruscha: Михаи́л Ефи́мович Фрадко́в; 1-sentyabr 1950, Samara viloyati) – 4-yanvar 2017-yildan Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori.
| Mixail Yefimovich Fradkov | |
|---|---|
Михаил Ефимович Фрадков | |
![]() | |
| Mansab davri 9-oktyabr 2007-yil – 5-oktyabr 2016-yilgacha | |
| Prezident | Vladimir Putin Dmitriy Medvedev (2008—2012) |
| Oʻtmishdoshi | Sergey Lebedev |
| Vorisi | Sergey Narishkin |
| Mansab davri 5-mart 2004-yil – 12-sentyabr 2007-yilgacha (14-sentyabr 2007-yilgacha v. b.) | |
| Prezident | Vladimir Putin |
| Oʻtmishdoshi | Mixail Kasyanov, Viktor Xristenko (v.b.) |
| Vorisi | Viktor Zubkov |
| Mansab davri 14-may 2003-yil – 5-mart 2004-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | V.V.Lixachev |
| Vorisi | V.A.Chijov |
| Mansab davri 11-mart 2004-yil – 15-oktyabr 2007-yilgacha | |
| Vorisi | Viktor Zubkov |
| Mansab davri 28-mart 2001-yil – 11-mart 2003-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | V. Soltaganov |
| Vorisi | S. Verevkin |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-sentyabr 1950-yil Samara |
| Mukofotlari |
|
Hayoti
1972-yilda Moskva davlat texnika universitetini tugatgan.
1973 – SSSRning Hindistondagi elchixonasi xodimi.
1975 – „Tyajpromeksport“ birlashmasi xodimi.
1981-yilda Butunittifoq tashqi savdo akademiyasini tugatgan.
1984 – SSSR tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari.
1988 – SSSR tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashqi iqtisodiy operatsiyalarini tartibga solish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1991 – BMTning Jenevadagi vakolatxonasi katta maslahatchisi.
1992 – Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari.
1993 – Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1997-yil —Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi.
1997 – Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri.
1998-yilda sugʻurta kompaniyasi direktorlar kengashi raisi etib saylandi.
1999-yilda Rossiya savdo vaziri etib tayinlangan.
2000 – Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi.
2001 – Rossiya Federal soliq xizmati direktori etib tayinlandi.
2003 – Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili.
2004-2007-yillarda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri.
2007-2017 – Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori.
2017-yildan hozirgacha Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori.
Sanksiyalar
2014-yil 25-iyulda „separatchilik harakati yoki siyosatini faol qoʻllab-quvvatlagani“ uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarining sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi.
2018-yil 6-aprelda Putinga yaqin boʻlgan rossiyalik 17 nafar amaldor va 7 nafar tadbirkor qatorida AQSh sanksiyalari roʻyxatiga kiritilgan.
Ukraina, Avstraliya, Kanada davlatlarining qora roʻyxatiga kiritilgan.
Mukofotlari
- IV darajali Avliyo Georgiy ordeni (2016).
- Aleksandr Nevskiy ordeni.
- 1-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2007-yil 12-sentyabr) – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun.
- II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2005-yil 1-sentyabr) – davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdagi ulkan shaxsiy hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun.
- Jasorat ordeni (2022).
- „Shon-sharaf“ ordeni.
- „Moskvaning 850 yilligi xotirasiga“ medali.
- Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal.
- „Rossiya kontrrazvedka xizmatining faxriy xodimi“ – Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Federal kontrrazvedka xizmati oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash ishidagi hissasi uchun.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mixail fradkov haqida ma’lumot. mixail fradkov nima? mixail fradkov nimani anglatadi?

