Rahmon Nabiyevich Nabiyev (tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев; 5-oktyabr 1930 – 11-aprel 1993) – Tojikistonning birinchi prezidenti (1991-1992-yil).
| Rahmon Nabiyevich Nabiyev | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев | ||||||
![]() | ||||||
| Mansab davri 1991-yil 2-dekabrdan – 1992-yil 7-sentyabrgacha | ||||||
| Oʻtmishdoshi | Qahhor Mahkamov (Tojik SSR prezidenti) Akbarsho Iskandarov (v. b.) | |||||
| Vorisi | Akbarsho Iskandarov (v. b.) Emomali Rahmon | |||||
| Mansab davri 1991-yil 23-sentyabrdan – 2-dekabrgacha | ||||||
| Oʻtmishdoshi | Qadriddin Aslonov | |||||
| Vorisi | Safarali Kenjayev | |||||
| Mansab davri 1982-yil 20-apreldan – 1985-yil 14-dekabrgacha | ||||||
| Oʻtmishdoshi | Jabbor Rasulov | |||||
| Vorisi | Qahhor Mahkamov | |||||
| Mansab davri 1973-yil 20-iyuldan – 1982-yil 20-aprelgacha | ||||||
| Oʻtmishdoshi | Abdulahad Qahhorov | |||||
| Vorisi | Qahhor Mahkamov | |||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||
| Tavalludi | 5-oktyabr 1930-yil Shayxburxon Sugʻd (viloyat) | |||||
| Vafoti | 11-aprel 1993-yil (62 yoshda) Xoʻjand, Tojikiston | |||||
| Mukofotlari | | |||||
Biografiyasi
Sugʻd viloyati Gafurov tumani Shayxburxon qishlogʻida tugʻilgan.
1946-yilda fermer xoʻjaligi ishchisi.
1954-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyasi institutini tugatgan.
1954-1955 – Xoʻjand mashina-traktor stansiyasi (MTS) bosh muhandisi.
1956-1960 – Xoʻjand taʼmirlash-texnik stantsiyasida bosh muhandis, soʻngra 1959-yilda direktor, Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi „Tajikselxozximiya“ uyushmasi raisi.
1961-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi boshqarma boshligʻi.
1971—1973 —Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri.
1973—1982 – TSSR Ministrlar Soveti Raisi.
1982—1985 – Tojikiston Kommunistik partiyasi 1-kotibi. 1985-yilda spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgani uchun lavozimidan ozod etildi.
1986-1991 – Tojikiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish jamiyati Markaziy Kengashi Prezidium raisi.
1976-1986 – KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi.
1990-yil Respublika Oliy Soveti Deputati etib saylandi va 1991-yil sentyabr oyida Oliy Sovet Raisi boʻldi.
1991-yil 24-noyabrda Tojikiston prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyev 56,92% ovoz bilan gʻolib boʻldi. 21-dekabrda Rahmon Nabiyev MDHni tuzish haqidagi Olmota deklaratsiyasiga imzo qoʻydi.
1992-yil 2-mart kuni Tojikiston BMTga aʼzo boʻldi. 15-may kuni Toshkentda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bitimini imzoladi.
1992-yilda mamlakatda boshlangan fuqarolik urushi natijasida muxolif kuchlar Nabiyevga bosim oʻtkazishgan. 11-may kuni muxolifat bosimi ostida, Nabiyev bilan koalitsion hukumat tuzish uchun kelishib olindi. 7-sentyabr kuni Nabiyev isteʼfoga chiqdi.
1993-yil 11-aprelda Xoʻjanddagi uyida yurak xuruji natijasida vafot etgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rahmon nabiyev haqida ma’lumot. rahmon nabiyev nima? rahmon nabiyev nimani anglatadi?


