Gabriel Teodoro Martinelli Silva (2001-yil 18-iyunda tugʻilgan), Gabriel Martinelli nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Premier Liganing "Arsenal" klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi.
Guarulhos munitsipalitetida tugʻilib oʻsgan Martinelli oʻzining katta klubdagi faoliyatini „Ituano“ jamoasi safida boshladi. 2019-yilning iyulida, 18 yoshida „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Debyut mavsumida Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro miqyosda 23 yoshgacha boʻlgan Braziliya terma jamoasi safida oʻynaydi. Braziliyaga 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshdi. 2022-yilda milliy terma jamoa safida debyut qildi. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga ham chaqirildi.
Klublardagi faoliyati
Sao Paulo shahrining Guarulhos shahrida tugʻilgan Martinelli oʻz faoliyatini 2010-yilda "Corinthians" futzal jamoasida boshlagan. Futbol maydonlarida muvaffaqiyatga erishgandan soʻng, 2015-yilda Ituanoga koʻchib oʻtdi va keyinchalik "Manchester United" va "Barcelona" klublarida sinov mavsumlarini oʻtkazdi.
2017-yilning 4-noyabrida, o‘zining 2022-yil oktabrgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Professional debyutini 17-mart kuni „Sao Bento“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi va oʻyinda gol muallifi Claudinhoning oʻrniga maydonga tushdi. Natijada 16 yoshu 9 oyligida klub safida bir asr mobaynida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Martinelli oʻzining birinchi golini 2018-yil 8-sentabrda kiritdi. Ikkinchi golini „Taboao da Serra“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi. 2019-yilgi Campeonato Paulista turnirining asosiy jamoasiga koʻtarildi, musobaqa davomida oltita gol urdi va chorak finalga qadar klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2019-yil 15-mart kuni „Bragantino“ jamoasiga qarshi safardagi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.
Arsenal
Martinelliga bir qator klublar qiziqish bildirdi, biroq 2019-yilning 2-iyulida Premier liganing "Arsenal" klubi u bilan 6 million funt sterling (46,9 million R$) evaziga uzoq muddatli shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Italiya pasportiga ega boʻlgan Martinelli ingliz klublari janubiy amerikalik futbolchilar bilan shartnoma imzolashi uchun zarur boʻlgan sinchkovlik bilan tekshirilgan mezonlarga boʻysunmadi. „Arsenal“ning asosiy jamoasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi mavsumoldi safariga bordi. 16-iyul kuni „Colorado Rapids“ klubiga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) debyut qildi va gol kiritdi. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, Martinelli oʻzining birinchi mavsumida asosan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar klubi safida oʻynashni, keyin esa sekin-asta akademiyadan asosiy jamoaga qoʻshilishni rejalashtirdi. Biroq, Martinellining mavsumoldi va mashgʻulotlardagi yorqin oʻyini uni asosiy jamoaga tezroq qoʻshilishga yordam berdi.
2019-2022-yil. Debyut mavsum va yutuq
Martinelli Premier ligadagi debyutini 2019-yil 11-avgust kuni "Newcastle United" klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi va 84-daqiqada Henrikh Mkhitaryan o‘rniga maydonga tushdi. 24-sentabr kuni EFL kubogida Chempionship vakili „Nottingham Forest“ klubi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub safidagi ilk dublini qayd etdi. Uning oʻyini bosh murabbiy Unai Emery tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. „U bizga yordam berishni xohlaydi, u juda kamtar, maydonda doim kurashadi. Men unga biroz sabr qilishini aytdim. U shunday qildi. U bunga loyiq edi“, deb taʼkidladi jamoa bosh murabbiyi.
Martinelli 4-oktabr kuni UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Standart Liege“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻzining ikkinchi dublini qayd etdi. 24-oktabr kuni „Vitoria Guimaraes“ jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ham bosh bilan gol kiritishga muvaffaq boʻldi. 30-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Martinelli "Liverpul" klubi bilan oʻyinda (5:5) yana bir bor dubl qayd etdi va penaltilar seriyasida ham oʻzining urinishini aniq amalga oshirdi, biroq „Arsenal“ oʻsha oʻyinda magʻlub boʻldi. Natijada, u Ian Wrightdan keyin klub safida dastlabki toʻrtta oʻyinda toʻrt bor gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. Martinellining oʻyini „Liverpul“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp tomonidan maqtaldi. Klopp uni „asr isteʼdodi“ deb atab, u haqda quyidagi fikrlarini aytib oʻtdi:
"U 18 yoshli ishtiyoqi kuchli o'yinchi. Juda ham jasur va raqiblariga ko'p muammolar keltiradi. Uning bu o'yini juda ham ajoyib va shiddatli". |
Martinelli yorqin oʻyinlari sababli „Arsenal“ safida oktabr oyida „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi va umumiy ovozlarning 75 foizini olib, Matteo Guendouzi va Nicolas Pepeni ortda qoldirdi. Freddie Ljungberg vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganidan soʻng, Martinelli 9-dekabr kuni „West Ham United“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) Premier ligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-yanvarida, "Chelsi" klubiga qarshi o‘yinda (2:2) maydonda harakat qildi va gol urdi. Keyinchalik bu gol klub muxlislari tomonidan „Arsenal“ning mavsumdagi eng chiroyli goli deb topildi.
3-iyul kuni klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Koʻp oʻtmay, 2020-yilning oxirigacha jarohati sabab safdan chiqdi. 19-dekabr kuni "Everton" bilan safardagi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushdi. 2021-yil 9-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi "Newcastle United"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik chog‘ida to‘pig‘idan kichik jarohat oldi va uning o‘rnini Reiss Nelson egalladi. 18-fevral kuni „Benfika“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1) zaxiradan maydonga tushib, 13 daqiqa maydonda harakat qildi. Oʻzining oʻsha mavsumdagi ilk golini 11-aprel kuni „Sheffield United“ga qarshi mehmondagi oʻyinda (3:0) kiritdi.
Martinelli oʻzining 2021-2022-yilgi mavsumdagi birinchi golini 27-noyabr kuni „Newcastle United“ darvozasiga kiritdi. Uning bu goli yakunda klub tomonidan oʻtkazilgan „Mavsum goli“ boʻyicha rasmiy soʻrovnomada 3-oʻrinni egalladi.
18-dekabr kuni „Leeds United“ darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bu uning Premier ligadagi dastlabki dubli boʻldi. 2022-yilning 10-fevralida Martinelli "Bo‘rilar"ga qarshi o‘yinda to‘rt soniya ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Bu uning faoliyatidagi ilk qizil kartochka boʻldi. Qizil kartochka baʼzi bahslarga sabab boʻldi. U oʻyinda Daniel Podenceni turtib yubordi va keyin Nélson Semedoga qarshi qoʻpollik ishlatdi.
2022-yilning 5-avgustida Martinelli „Crystal Palace“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) gol kiritib, Premier ligadagi ochilish golini kiritgan birinchi braziliyalik bo‘ldi.
Terma jamoadagi faoliyati
Martinelli Braziliyada tugʻilgan. U otasi asli italyan boʻlgani uchun Braziliya-Italiya fuqaroligiga ega. 2019-yil 20-may kuni, Martinelli Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tomonidan 2019-yilgi Amerika Kubogiga tayyorgarlik oʻyinlari uchun tarkibga chaqirildi. 2019-yil noyabr oyida Ispaniyada boʻlib oʻtgan Birlashgan xalqaro futbol festivalida Braziliya U23 terma jamoasi safida ham maydonga tushdi.
2021-yilning 2-iyulida, Braziliya terma jamoasining 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi. 3-avgust kuni Braziliya terma jamoasining futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlari yarim finalida Meksikaga qarshi oʻyinida maydonda harakat qildi va uning jamoasi gʻalabaga erishdi. Natijada Braziliya finalda Ispaniyani ham magʻlub etib, oltin medal sohibiga aylandi.
2022-yil 11-mart kuni Chili va Boliviyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari uchun Braziliya terma jamoasining 25 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi. Martinelli Braziliyaning Chili ustidan 4:0 hisobidagi gʻalaba qozongan oʻyinida, Vinicius Junior oʻrniga maydonga tushib, terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi.
2022-yil 7-noyabrda, Martinelli 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kiritildi.
Oʻyin uslubi
Martinelli golli vaziyat yaratish va gol urish uchun bir nechta raqiblarni ortda qoldirishga qodir. Uning kumiri Cristiano Ronaldo hisoblanadi. Uni koʻpincha Pep Guardiolaning Barselonasidagi Pedro Rodriguez bilan solishtirishadi. Texnik mahorati va tezligi juda kuchli.
OAV
Martinelli 2021-2022-yilgi mavsumda murabbiylar shtabi va oʻyinchilar bilan birga Amazon Original kompaniyasi tomonidan yaratilgan "All or Nothing: Arsenal" nomli hujjatli filmida ishtirok etdi.
Faoliyatdagi statistikasi
Klub
- 2023-yilning 3-yanvarigacha bo'lgan o'yinlar
| Klub | Mavsum | Liga | Mintaqaviy liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Jami | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizyon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Ituano | 2018 | Paulista | — | 3 | 0 | — | — | — | 17 | 4 | 20 | 4 | ||||
| 2019 | Série D | 0 | 0 | 14 | 6 | — | — | — | — | 14 | 6 | |||||
| Jami | 0 | 0 | 17 | 6 | — | — | — | 17 | 4 | 34 | 10 | |||||
| Arsenal | 2019-2020 | Premier League | 14 | 3 | — | 3 | 0 | 2 | 4 | 7 | 3 | — | 26 | 10 | ||
| 2020-2021 | Premier League | 14 | 2 | — | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 22 | 2 | ||
| 2021-2022 | Premier League | 29 | 6 | — | 1 | 0 | 6 | 0 | — | — | 36 | 6 | ||||
| 2022-2023 | Premier League | 17 | 7 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 23 | 7 | |||
| Jami | 74 | 18 | — | 5 | 0 | 10 | 4 | 18 | 3 | 0 | 0 | 107 | 25 | |||
| Arsenal U21 | 2020-2021 | — | — | — | — | — | — | 1 | 0 | 1 | 0 | |||||
| Umumiy koʻrsatkich | 74 | 18 | 17 | 6 | 5 | 0 | 10 | 4 | 18 | 3 | 18 | 4 | 142 | 35 | ||
Terma jamoa safida
- 2022-yilning 5-dekabrigacha bo'lgan o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Braziliya | 2022 | 6 | 0 |
| Jami | 6 | 0 | |
Yutuqlari
Arsenal
- Angliya kubogi: 2019-2020
Braziliya U23
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi: 2020
Shaxsiy
- Campeonato Paulista turnirida „Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019
- Campeonato Paulista turniri ramziy jamoasiga kiritilgan: 2019
Eslatmalar
- Appearances in Copa Paulista
- Appearance in EFL Trophy
- Appearances in UEFA Europa League
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gabriel martinelli haqida ma’lumot. gabriel martinelli nima? gabriel martinelli nimani anglatadi?