Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Reiss Luke Nelson (1999-yil 10-dekabrda tugʻilgan) - angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing "Arsenal" klubida qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻyna

Reiss Nelson

Reiss Luke Nelson (1999-yil 10-dekabrda tugʻilgan) - angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing "Arsenal" klubida qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi.

Reiss Nelson
Nelson Arsenal safida (2015)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Reiss Luke Nelson
Tavallud sanasi 10-dekabr 1999-yil (1999-12-10) (26 yosh)
Tavallud joyi Elephant and Castle, London, Angliya
Boʻyi 5 fut 9 inches (1.75 m)
Ampluasi Hujumchi (futbol)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2017 Arsenal U-23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017– Arsenal 23 (1)
2018—2019 Hoffenheim (ijara) 23 (7)
2021—2022 Feyenoord (ijara) 21 (2)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Angliya U16 3 (1)
2015—2016 Angliya U17 11 (11)
2016—2017 Angliya U18 3 (1)
2017—2018 Angliya U19 9 (3)
2018 Angliya U20 1 (0)
2018—2020 Angliya U21 12 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-may uchun)

Bolaligi va shaxsiy hayoti

Nelson Londonning Elephant and Castle shahrida tugʻilgan otasi zimbabvelik, onasi ingliz. U Walworthdagi Aylesbury Estateda oʻsgan va London Nautical Schoolda oʻqigan. U yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda toʻqnash kelaverganidan soʻng, yaqin atrofda yashovchi hamkasbi Jeydon Sancho bilan doʻstlashdi.

Jamoalardagi faoliyati

Arsenal

Nelson toʻqqiz yoshida "Arsenal" akademiyasiga qoʻshildi va yoshlar murabbiylarida katta taassurot qoldirgani sababli muntazam ravishda oʻz yosh guruhidan yuqori jamoalarga koʻchib oʻtdi. U 2016-17-yilgi mavsumda "Arsenal" yoshlar jamoasiida 35 ta, shu jumladan U-21 jamoasida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan. Yoshlar jamoalaridagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, u 2016-yil 10-dekabrda, 17 yoshga toʻlgan kuni "Arsenal" bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Arsen Venger Nelsonni 2017—2018-yilgi mavsumoldi yigʻin uchun tarkibga kiritdi.

2017–18: asosiy jamoadagi debyut

2017-yilning 19-iyulida Nelson 2017-yilgi Xalqaro Chempionlar Kubogi mavsumoldi oʻyinida “Bavariya”ga qarshi oʻzining birinchi katta oʻyinini oʻtkazdi. U "Arsenal"ning "Community Shield" jamoasida "Chelsi" ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda birinchi oʻyinini oʻtkazdi va mazkur bahsda "Arsenal" penaltilar seriyasida 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2018–19: Hoffenheim 1899 (ijara)

 
Nelson "Hoffenheim 1899" libosida (2019)

2018-yilning 31-avgustida Nelson “Arsenal” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, soʻngra Germaniyaning “Hoffenheim 1899" klubiga 500 ming yevro evaziga bir mavsumga ijara asosida koʻchib oʻtdi. 2018-yilning 15-sentyabrida jamoa “Fortuna Dyusseldorf” mehmoni boʻlib, Nelson 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 14 daqiqa ichida raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsda klubiga dalda beruvchi gol muallifiga aylandi. Reiss "Hoffenheim 1899" tarkibida ajoyib mavsum oʻtkazdi, yosh boʻlishiga qaramay, atigi 587 daqiqa oʻynab, 7 ta gol urdi.

2021–22: Feyenoord (ijara)

2021-yilning 31-avgustida Nelson 2021-22-yilgi mavsumda Eredivisiening “Feyenoord” jamoasiga ijara asosida qoʻshilish uchun Gollandiyaga koʻchib oʻtdi. Nelson oʻzining jarohat davridagi birinchi golli uzatmasini 2021-yil 7-noyabrda AZ Alkmaarga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushganidan soʻng amalga oshirdi.

Xalqaro maydonda

Nelson 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha darajadagi Angliya yoshlar jamoalarida toʻp surgan.

Karyera statistikasi

2022-yil 25-may holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Arsenal 2017–18 Premyer-liga 3 0 1 0 3 0 8 0 1 0 16 0
2019–20 17 1 2 1 1 1 2 0 22 3
2020–21 2 0 1 0 1 0 4 1 1 0 9 1
2021–22 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 23 1 4 1 5 1 14 1 2 0 48 4
Hoffenheim 1899 (ijara) 2018–19 Bundesliga 23 7 1 0 5 0 29 7
Feyenoord (ijara) 2021–22 Eredivisie 21 2 1 0 10 2 32 4
Karyera jami 67 10 6 1 5 1 29 3 2 0 109 15

Sovrinlar

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2019–20
  • FA Communnity Shield: 2017, 2020

Feyenoord

  • UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2021–22

Individual

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2016
  • Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2018-yil oktyabr

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, reiss nelson haqida ma’lumot. reiss nelson nima? reiss nelson nimani anglatadi?

Yuqori