Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Unai Emery Etxegoien (1971-yil 3-noyabrda tugʻilgan) ispaniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda Premyer-liganing Aston Villa klubini boshqa

Unai Emery

Unai Emery Etxegoien (1971-yil 3-noyabrda tugʻilgan) ispaniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda Premyer-liganing Aston Villa klubini boshqarmoqda. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida keng tan olingan.

Unai Emery
Emeri 2016-yilda Sevilya murabbiyi sifatida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Unai Emery Etxegoien
Tavallud sanasi 3-noyabr 1971-yil (1971-11-03) (54 yosh)
Tavallud joyi Hondarribia, Ispaniya
Boʻyi 1.8 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aston Villa (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1990 Real Sociedad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1995 Real Sociedad B 89 (8)
1995—1996 Real Sociedad 5 (1)
1996—2000 Toledo 126 (2)
2000—2002 Racing Ferrol 61 (7)
2002—2003 Leganés 28 (0)
2003—2004 Lorca Deportiva 30 (1)
Total 339 (18)
Boshqargan klublari
2004—2006 Lorca Deportiva
2006—2008 Almería
2008—2012 Valencia
2012 Spartak Moscow
2013—2016 Sevilla
2016—2018 Paris Saint-Germain
2018—2019 Arsenal
2020—2022 Villarreal
2022— Aston Villa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Asosan Ispaniyaning Segunda divizionida oʻynab, 2004-yilda faol futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Emery murabbiylikka oʻtdi. U Lorca Deportivada ish boshlab, birinchi mavsumidayoq jamoani Segunda divizioniga olib chiqishga erishdi. Soʻngra u Almeríaga oʻtib, bu klubni tarixida birinchi marta La Ligaga koʻtarilishiga erishdi. Keyinchalik Valenciaga oʻtgan Emery jamoani muntazam ravishda eng kuchli uchlikka olib chiqdi. Valensiyada shartnomasi uzaytirilmagach, u olti oyga Moskvaning Spartak jamoasiga oʻtdi, biroq natijalar yaxshi boʻlmagani sababli ishdan boʻshatildi. 2013-yilda Sevillaga oʻtgan Emery bu yerda misli koʻrilmagan uch yil ketma-ket Yevropa Ligasini qoʻlga kiritishga erishdi.

Emeri 2016-yilda Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubiga oʻtdi. U yerda Liga 1 chempionligini, ikkita Fransiya kubogi, ikkita Liga kubogi va ikkita Chempionlar superkubogini qoʻlga kiritdi, jumladan ikkinchi mavsumida toʻrtta ichki turnirda gʻalaba qozondi. Shartnomasi tugagach, Emeri 2018-yilda Arsène Wengerning oʻrnini egallagan holda Angliyaning „Arsenal“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U birinchi mavsumida Yevropa ligasi finaligacha yetib bordi, ammo 2019-yil noyabrda lavozimidan chetlashtirildi. 2020-yil iyulda „Villarreal“ga bosh murabbiy boʻlib ishga joylashdi va dastlabki mavsumidayoq Yevropa ligasida gʻolib chiqdi, keyingi mavsumda esa klubni Chempionlar ligasi yarim finaligacha olib chiqdi. 2022-yil oktyabrda u Premyer-ligaga qaytib, „Aston Villa“ni boshqara boshladi va jamoani 2024-yilda UEFA Konferensiyalar ligasi yarim finaliga hamda bir yil oʻtib Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqishga muvaffaq boʻldi.

Biografiyasi

Emeri Basklar mamlakati, Gipuzkoa viloyatining Ondarribia shahrida tugʻilgan. Unai bask tilining tub soʻzlashuvchisidir. Uning otasi va bobosi, mos ravishda Juan va Antonio, ham futbolchi boʻlgan, ikkalasi ham darvozabon ampulasida oʻynagan. Otasi ikkinchi diviziondagi bir nechta klublar, jumladan Real Union safida oʻynagan boʻlsa, bobosi esa shu klub bilan oliy divizionda musobaqa yuritgan. Emerining amakisi Roman yarim himoyachi lavozimida toʻp surgan. 2021-yil iyul oyida Emerilar oilasi Real Union klubini sotib olish jarayonini yakunladi va uning akasi Igor klub prezidenti lavozimini egallagan.

Emerining turmush oʻrtogʻi Luisa Fernandes. Ularning oʻgʻli Lander ham darvozabon boʻlib, 2024-yil yanvar oyida Aston Villaning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasiga qoʻshilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, unai emery haqida ma’lumot. unai emery nima? unai emery nimani anglatadi?

Yuqori