Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klu

Otabek Shukurov

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Shukurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi. Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Otabek Shukurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Otabek Gʻayratovich Shukurov
Tavallud sanasi 22-iyun 1996-yil (1996-06-22) (29 yosh)
Tavallud joyi Chiroqchi Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Fayha FC
Raqami 29
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Mashʼal Mubarak 4 (0)
2015 Bunyodkor 2 (0)
2015 Buxoro 14 (2)
2016—2018 Bunyodkor 53 (5)
2018—2022 Al-Sharjah 95 (10)
2022—2023 Fotih Karagumruk 43 (1)
2024 Kayserispor 12 (0)
2024—2025 Al-Fayha FC 8 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekistan U-17 4 (0)
2015 Oʻzbekistan U-20 5 (0)
2016 Oʻzbekistan U-23 3 (0)
2016— Oʻzbekiston 80 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 5-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 5-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Otabek Muborakning „Mash’al“ jamoasining akademiyasi taʼlim olgan. Birinchi murabbiyi Dilshod Andaev.

Shukurov 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan. 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobod“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Bunyodkor

2015-yilning 1-yanvarida u „Bunyodkor“ klubi tarkibiga doʻsti Eldor Shomurodov bilan birgalikda oʻtgan. Dastlabki mavsumida Toshkent klubida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va asosiy jamoa tarkibidagi raqobat sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan.

Otabek "Buxoro" jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ jamoasi tarkibiga qaytgan Navbatdagi ikki mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasining muhim futbolchilaridan biri boʻlgan va 53 oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan.

Al Sharja

2017-yil mavsum yakunida Bunyodkor jamoasini tark etgan va BAAning „Al Sharjah“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. BAA jamoasi tarkibida besh mavsum davomida oʻynagan va 95 ta 10 ta gol muallifi boʻlgan. 2019-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori ligasi chempionligi va BAA Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Fatih Karagumruk

2022-yil 27-iyulda Turkiyaning Fatih Karagumruk jamoasi Otabekni Sharjah jamoasidan sotib olganini va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Karagumruk jamoasi tarkibida 1,5 mavsum davomida oʻynagan va italiyalik murabbiy Andrea Pirlo qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etgan. 2023-yil 30-dekabrda turk jamoasi tarkibi tark etganini eʼlon qilgan.

Kayserispor

2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida xabar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan.

Turkiya jamoasi yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2024-yil 1-sentyabrda Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Al Fayha

2024-yil 3-sentyabrda Al Fayha jamoasi Shukurov bilan shartnoma imzolganini eʼlon qilgan.

Xalqaro martaba

Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Otabek 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

2024-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika (UTC).
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Mashʼal Muborak 2014 Oʻzbekiston Superligasi 4 0 3 0 7 0
Bunyodkor 2015 2 0 2 0 0 0 4 0
Buxoro 2015 14 2 0 0 14 2
Bunyodkor 2016 25 0 6 0 7 0 38 0
2017 28 5 7 2 7 0 42 7
Total 73 7 18 2 14 0 105 9
Sharjah 2017–18 BAA Pro ligasi 11 0 0 0 11 0
2018–19 17 2 0 0 17 2
2019–20 19 3 3 0 5 0 1 0 28 3
2020–21 24 1 1 0 7 0 1 0 33 1
2021–22 24 4 3 1 6 1 33 6
Total 95 10 7 1 18 1 2 0 122 12
Fatih Karagümrük 2022–23 Turkiya Superligasi 28 1 3 0 31 1
2023–24 15 0 0 0 15 0
Kayserispor 2023–24 12 0 0 0 12 0
Al Fayha 2024–25 Saudiya Professional Ligasi 0 0 0 0 0 0
Career total 223 18 28 3 32 1 2 0 285 22

Xalqaro

Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Oʻzbekiston 2016 10 1
2017 5 0
2018 7 1
2019 9 1
2020 2 0
2021 7 1
2022 10 0
2023 11 4
2024 10 1
Jami 71 9

2024-yil 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika

Xalqaro maydon

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 11-oktabr Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Xitoy
2–0
2–0
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 2018-yil 23 mart Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash   Senegal
1–0
1–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2019-yil 14-noyabr Paxtakor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Saudiya Arabistoni
2–1
2–3
2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2021-yil 26 mart Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston   Gana
1–0
2–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
5. 2023-yil 12-sentyabr Mercedes-Benz Stadium, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari   Meksika
3–3
3–3
6. 2023-yil 16-oktyabr Dalian Sports Centre Stadium, Dalian, Xitoy   Xitoy
1–1
2–1
7. 2023-yil 16-noyabr Ashxobod Stadioni, Ashxobod, Turkmaniston   Turkmaniston
1–1
3–1 2026 FIFA Jahon chempionati saralashi
8. 2–1

Yutuqlar

Oʻzbekiston

  • Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2016
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2017
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014
  • Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014

Birlashgan Arab Amirliklari

  • BAA Ligasi chempioni: 2018/2019
  • BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022
  • BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020
  • BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021

Futboldan tashqari faoliyati

2021-yil COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, otabek shukurov haqida ma’lumot. otabek shukurov nima? otabek shukurov nimani anglatadi?

Yuqori