Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1970-yil 12-iyulda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi insti

Umedjon Barnoyev

Umedjon Isoyevich Barnoyev – Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi.

Umedjon Barnoyev
Umedjon Isoyevich Barnoyev
 Romitan tumani hokimi
Mansab davri
2021-yil 22-dekabr – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Hokim Botir Zaripov
Oʻtmishdoshi Xurshid Tohirov
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-iyul 1970-yil (1970-07-12) (55 yosh)
Romitan tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Qarindoshlari Oʻktam Barnoyev (akasi)
Taʼlim Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti
Samarqand davlat universiteti
Kasbi muhandis-mexanik, huquqshunos

Biografiyasi

1970-yil 12-iyulda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini hamda 2000-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Keyinchalik boshqarmaning ariza va shikoyatlar boʻyicha katta maslahatchisi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish boʻlimi bosh maslahatchisi (1998—2004) lavozimlarida ishlagan.

2004—2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamenti Toshkent shahar hududiy boʻlimi katta mutaxassisi, 2-darajali yuristi, 2004−2013-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, „Oʻzpaxtasanoat“ aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018), mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi „Safari Vogue“ innovatsion turizm klasteri direktor oʻrinbosari (2018—2020), mazkur MChJ innovatsion turizm klasteri bosh direktori (2020) lavozimlarida ishlagan.

2020-yilda Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

2021-yildan hozirgi kunga qadar Romitan tumani hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Oilasi

2016—2020-yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020-yil fevralida bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020-yil sentyabr oyida vafot etgan Oʻktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, umedjon barnoyev haqida ma’lumot. umedjon barnoyev nima? umedjon barnoyev nimani anglatadi?

Yuqori