Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Suryoniy tili (ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ) — somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hudu

Suryoniy tili

Suryoniy tili (ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ) — somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-asr dan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. 8-asrdan boshlab Suryoniy tili astasekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hozirgi vaqtda Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashovchi nasturiylar va yaʼqubiylarning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 koʻrinishi [estrangelo, serto va nasturiy]ga asoslangan. Unda mil. 1-asr ga mansub oʻyma yozuv matnlari, 3—14-asrlarga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.

Suryoniy tili
Milliy nomi ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ
Mamlakatlar Turkiya
Alifbosi Suryoniy yozuvi va Estrangela
Til kodlari
ISO 639-2 syc
ISO 639-3 syc


  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, suryoniy tili haqida ma’lumot. suryoniy tili nima? suryoniy tili nimani anglatadi?

Yuqori