Soliq qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
| Turi | Davlat boshqaruvi organi |
|---|---|
| Maqomi | Amalda |
| Ishga tushgan sanasi | 18-yanvar, 1994-yil |
| Joylashuvi | Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13A-uy |
| Hududiy xizmati | |
| Direktori | Sherzod Qudbiyev |
| Vebsayti | soliq.uz |
| Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida joylashgan va mahkamaga boʻysunadi. U oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Soliq qoʻmitasi raisi – Sherzod Qudbiyev.
Tarixi
1994-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirilgan. Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qoʻmitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan.
Rahbariyat
| F.I.Sh | Lavozimi |
|---|---|
| Qudbiyev Sherzod Davlyatovich | Soliq qoʻmitasi raisi |
| Mirzayev Mubin Muxidinovich | Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Fayzibayev Alimjan Elchiyevich | Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
| Abdiyev Jaxongir Ibragimovich | Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
| Sadullayev Ulugʻbek Atobayevich | Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
Raislari
| # | F. I. Sh | Boshlanish | Tugashi | Muddat | Lavozimi |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Shamil Gataulin | 26.04.1995 | 11.02.2000 | 4 yil 10 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi |
| 2 | Botir Xoʻjayev | 11.02.2000 | 24.04.2002 | 2 yil 2 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 3 | Oʻtkir Komilov | 24.04.2002 | 24.07.2002 | 5 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 4 | Jamshid Sayfiddinov | 24.07.2002 | 17.02.2004 | 1 yil 6 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 5 | Botir Parpiyev | 17.02.2004 | 11.05.2018 | 14 yil 2 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 6 | Behzod Musayev | 11.05.2018 | 13.05.2020 | 2 yil | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 7 | Sherzod Qudbiyev | 13.05.2020 | 30.12.2022 | 2 yil 7 oy | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 8 | lavozim bekor qilingan | 30.12.2022 | 03.09.2023 | 8 oy | |
| 9 | Sherzod Qudbiyev | 3.9.2023 | 20.11.2025 | 2 yil 3 oy 19 kun | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi |
| 10 | Farruh Poʻlatov | 20.11.2025 | hozirgacha | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, soliq qoʻmitasi haqida ma’lumot. soliq qoʻmitasi nima? soliq qoʻmitasi nimani anglatadi?