- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Xoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Asadillayevich Xoʻjayev (oʻzbekcha: Ботир Асадуллаевич Хўжаев, ruscha: Батир Асадиллаевич Ходжаев; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2006—2009 va 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi, 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi boʻlgan.
| Botir Asadillayevich Xoʻjayev | |
|---|---|
Ботир Асадиллаевич Хўжаев | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri | |
| Mansab davri 28-noyabr 2017-yildan – 23-fevral 2020-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Galina Saidova |
| Vorisi | Jamshid Qoʻchqorov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri | |
| Mansab davri 15-dekabr 2016-yildan – 28-noyabr 2017-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Azimov |
| Vorisi | Jamshid Qoʻchqorov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2009-yildan – 2011-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Azamat Toʻxtayev |
| Vorisi | Botir Zokirov (siyosatchi) |
| Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri | |
| Mansab davri 11-aprel 2006-yildan – 9-iyul 2009-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Golishev |
| Vorisi | Sunnatilla Bеkеnov |
| Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2005-yildan – 2006-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Aziz Vorisov |
| Vorisi | Vyacheslav Golishev |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2000-yildan – 2002-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Oʻtkir Komilov |
| Vorisi | Dilshod Sayfiddinov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 11-iyul 1956-yil Toshkent, OʻzSSR, SSRI |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan.
1979—1979 – „Glavtashkentstroy“ 11-trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;
1979—1981 – Harbiy xizmat;
1981—1992 – „Glavtashkentstroy“ 1-trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muhandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;
1992—1994 – Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;
1994—1996 – Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;
1996—1997 – Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
1997—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti boʻlim mudiri;
1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;
2000—2002 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;
2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;
2004—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar departamenti mudiri;
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;
2006—2009 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;
2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi;
2011—2016 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari;
2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.
2017—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri.
2020—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi. 6-aprelda nafaqaga ketgan.
2020-yildan – „RosGeo“ qoʻshma korxonasi direktori.
Oilasi
Otasi – Asadilla Xoʻjayev, OʻzSSR davlat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.
Akasi – Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich, 1992-yildan 2015-yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori boʻlgan.
Onasi – Xoʻjayeva Kimyoxon Azizxonovna, uy bekasi. 2004-yilda vafot etdi.
Opasi – Xoʻjayeva Qunduz Asadullayevna, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, Toshkent tibbiyot institutida LOR kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor lavozimida ishlagan. 2010-yilda vafot etgan.
Opasi – Xoʻjayeva Dilbar Asadullayevna, 1949-yil Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, „Sanoat iqtisodiyoti“ kafedrasida ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yilda vafot etgan.
Opasi – Xoʻjaeva Mapirat Asadillayevna, 1951-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yilda vafot etgan.
Mukofotlari
2016-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, botir xoʻjayev haqida ma’lumot. botir xoʻjayev nima? botir xoʻjayev nimani anglatadi?
