Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (2021—2022), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi (2018-2020). 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlangan.
| Behzod Anvarovich Musayev | |
|---|---|
Бехзод Анварович Мусаев | |
![]() | |
| Mansab davri 2022-yil 30-dekabrdan – 2024-yil 23-sentyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Botir Zohidov |
| Mansab davri 2021-yil 11-noyabrdan – 2022-yil 28-dekabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Botir Parpiyev |
| Vorisi | Amrillo Inoyatov |
| Mansab davri 2018-yil 11-may – 2020-yil 14-may | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Vorisi | Sherzod Qudbiyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 23-noyabr 1973-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyati
1995—1998 – Oʻzbekiston Milliy banki xodimi, 1998—2006 – Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.
2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan.
2018-yilning may oyidan boshlab davlat soliq qoʻmitasi rahbari lavozimini egallagan. 2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 2021-yil 11-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri.
Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak
— Shavkat Mirziyoyev,
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, behzod musayev haqida ma’lumot. behzod musayev nima? behzod musayev nimani anglatadi?


