- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Parpiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Parpiyev Botir Rahmatovich — oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi (2004-2018), bojxona qoʻmitasi raisi (2002-2004), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), general-leytenant.
| Parpiyev Botir Rahmatovich | |
|---|---|
| O’zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Sоliq qo’mitаsi rаisi | |
| Mansab davri 2004-yil 17-fevraldan – 2018-yil 12-maygacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Jamshid Sayfiddinov |
| Vorisi | Behzod Musayev |
| O’zbekiston Rеspublikаsi Dаvlаt bojxona qo’mitаsi rаisi | |
| Mansab davri 2002-yil 2-dekabrdan – 2004-yil 17-fevralgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ravshan Haydarov |
| Vorisi | Bahodir Matlyubov |
| O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
| Mansab davri 2002-yil 5-iyundan – 2002-yil 2-dekabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ravshan Haydarov |
| Vorisi | Baxtiyor Subanov |
| Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi prezidenti | |
| Mansab davri 2009-yildan – 2018-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Shavkat Ikromov |
| Vorisi | Laziz Hasanov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 23-dekabr 1946-yil Andijon |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1970-2018 |
| Unvoni | General-leytenant |
| Vikiiqtibosda Botir Parpiyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Biografiyasi
1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti — oliy, Andijon davlat universitetining yuridik fakutetini va Toshkent militsiya maktabini bitirgan.
1969-1969 — Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi.
1969-1970 — Harbiy xizmatda.
1970-1971 — Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1971-1972 — Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1972-1983 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, bosh inspektori, xizmat boshligʻi oʻrinbosari, xizmat boshligʻi.
1983-1989 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1989-1993 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1993-1993 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyatchilikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi.
1994-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2002-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.
2004-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi.
2018-yil 12-maydan 2020-yil 19-fevralgacha — Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Respublika kengashi raisining faxriylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2009—2018 — Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi prezidenti.
2003-yilda General-leytenant unvoni berilgan.
2020—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining oʻrinbosari
2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining maslahatchisi
1990—1994 — XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati.
Oilasi
Otasi — Parpiyev Rahmat Parpiyevich (marhum), general-mayor, 1970-yillarda Andijon viloyati IIB boshligʻi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Qudrat Rahmatovich (marhum), Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Bahodir Rahmatovich, polkovnik, ichki ishlar tizimida ishlagan. Ayni paytda nafaqada.
Ukasi — Parpiyev Qodir Rahmatovich, Andijon viloyati huquq-tartibot tizimida ishlagan. Nafaqada.
Jiyani — Parpiyev Anvar Qodirovich, Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Jiyani — Parpiyev Shuhrat Bahodirovich, Andijon shahar IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Dilshod Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqamasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Bobur Botirovch, Orient Finans Bank aksiyadori.
Oʻgʻli — Parpiyev Dilmurod Botirovich, Asaka tumani IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Qizi — Toʻraqulova Dilfuza Botirovna.
Qudasi — Rustam Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi.
Qudasi — Mirobid Mahmudov, yirik tadbirkor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, botir parpiyev haqida ma’lumot. botir parpiyev nima? botir parpiyev nimani anglatadi?