Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Allotropiya (yun. allos — boshqa va tropos — burilish, yoʻnalish) — kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy mod

Allotropiya

Allotropiya (yun. allos — boshqa va tropos — burilish, yoʻnalish) — kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud boʻla olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki koʻmir holida uchraydi. Umuman hozir maʼlum boʻlgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl oʻzgarishlari boʻlgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. Allotropiya hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 — kislorod, O3 — ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha boʻlishi sabab boʻladi (masalan, oq va kulrang qalay).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, allotropiya haqida ma’lumot. allotropiya nima? allotropiya nimani anglatadi?

Yuqori