Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.
| Rustam Ibragimovich Xolmurodov | |
|---|---|
![]() | |
| Samarqan davlat universiteti rektori | |
| Mansab davri 2016-yil sentyabr – hozirgi vaqtgacha | |
| Avvalgisi | Olimjon Xolmuhammedov |
| Samarqand viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2003-yil 16-dekabr – 2004-yil 9-iyul | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Bosh vazir | Oʻtkir Sultonov |
| Avvalgisi | Shavkat Mirziyoyev |
| Keyingisi | Mamarizo Nurmurodov |
| Samarqand davlat universiteti rektori | |
| Mansab davri 1999 – 2003 | |
| Avvalgisi | Joʻraqul Sattorov |
| Keyingisi | Temur Shirinov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 16-avgust 1949-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
| Taʼlim | Samarqand arxitektura-qurilish instituti |
| Kasbi | Muhandis-quruvchi |
| Ilmiy unvoni | professor, texnika fanlari doktori |
| Mukofotlari | |
Tarjimayi holi
Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgust Samarqandda tavallud topgan. 1967−1972-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida oʻqigan. Institutni sanoat-fuqarolik qurilishi, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1973−1977-yillarda Kiyev avtomobil yoʻllar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti, 1977−1978-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978−1986-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yogʻoch plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri, 1986−1988-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani, 1988−1989-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 1989−1997-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori, 1997−1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, 1999−2003-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori, 2003−2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2004-yilda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 1999−2004-yillarda Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan. 8-Turon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati (2019-yil). 2022-yilda ikki yil muddatga Rustam Xolmurodov Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Ilmiy faoliyati
Rustam Xolmurodov Metall qurilmalar oʻquv qoʻllanmasi (1994), ruscha: „Сейсмостойкость архитектурных памятников Средней Азии и Кавказа“ (1994), ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (1995), ruscha: „Расчет элементов конструкций с нарушениями регулярности структуры“ (2002), „Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻqitish“, „Ellastiklik nazariyasi“, ruscha: „Конструкции архитектурных памятников Самарканда“ monografiyalari (2003) muallifi. 1994-yilda Moskvadagi Xalqlar doʻstligi universitetida ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilib, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan.
Mukofotlari
2017-yil 26-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni, 2022-yil 29-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Anqara shahridagi Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori (2021-yil), Moskva davlat universitetining faxriy professori (2023-yil 25-yanvar).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rustam xolmurodov haqida ma’lumot. rustam xolmurodov nima? rustam xolmurodov nimani anglatadi?
