„Oltin Humo“ — Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining har yili taqdim etiladigan mukofoti. 2018-yil 26-dekabrda milliy kinotaqdimot sifatida taʼsis etilib, ilk bor 2019-yil 10-aprelda boʻlib oʻtgan. U Oʻzbekistonda kinoijodkorlarni munosib ragʻbatlantirishni maqsad qilgan.
| „Oltin Humo“ milliy kinotaqdimoti | |
![]() „Oltin Humo“ milliy mukofoti statuetkasi | |
| Mukofot sohasi | Kinematografiya |
| Tashkilotchi | Oʻzbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi |
| Mamlakat | |
| Joy | |
| Birinchi berilgan yili | 2019 |
Nominatsiyalar
- „Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti“
- „Eng yaxshi hujjatli film“
- „Eng yaxshi animatsion film“
- „Eng yaxshi kompyuter grafikasi“
- „Eng yaxshi ovoz rejissori“
- „Eng yaxshi grim rassomi“
- „Eng yaxshi montaj ishi“
- „Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi“
- „Eng yaxshi rassom ishi“
- „Eng yaxshi kino bastakori“
- „Eng yaxshi ssenariy“
- „Eng yaxshi operatorlik ishi“
- „Eng yaxshi rejissorlik ishi“
- „Eng yaxshi ayol roli“
- „Eng yaxshi erkak roli“
- „Tomoshabin mehrini qozongan film“
- „Eng yaxshi film“
"Oltin Humo" — 2019
"Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti ilk bor 2019-yil 10-aprelda "Turkiston" sanʼat saroyida boʻlib oʻtgan. Marosimda 2017-2018-yillarda mamlakatda suratga olingan filmlar va kinoijodkorlar 17 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanganlar.
| Nominatsiya | Nominatsiya gʻolibi |
|---|---|
| Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti | Baxtiyor Ixtiyorov |
| Abdurahim Ismoilov | |
| Qamara Kamolova | |
| Sayram Isayeva | |
| Xayrulla Saʼdiyev | |
| Xabibulla Fayziyev | |
| Eng yaxshi hujjatli film | "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Muzaffar Qoraboyevning "Ikki elning suyukli farzandi" filmi |
| Eng yaxshi animatsion film | "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Nozim Toʻlaxoʻjayevning "Dovyurak oshpaz" filmi |
| Eng yaxshi kompyuter grafikasi | Laziz Gʻaniyev, "Elparvar" filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ovoz rejissor | Anvar Fayzullayev, „Tinchlik ortida“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi grim rassomi | Valentina Abduqunduzova, „Islomxoʻja“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi montaj ishi | Qudratilla Dadajonov, „Issiq non“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi | Nina Dobrina, „Elparvar“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi rassom ishi | Akmal Saidov, „Islomxoʻja“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi kino bastakori | "Omnibus" ansambli, „Nazira“ va „Elparvar“ filmlaridagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ssenariy | Umid Hamdamov, „Issiq non“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi operatorlik ishi | Rustam Murodov, „Elparvar“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi rejissorlik ishi | Rashid Malikov, „Sabot“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ayol roli | Muyassar Bediqulova, „Nazira“ filmidagi roli uchun |
| Eng yaxshi erkak roli | Karim Mirxadiyev, „Sabot“ filmidagi roli uchun |
| Tomoshabin mehrini qozongan film | "MUHTASHAM MEDIA" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Said Muxtorovning "Vasiyat" filmi |
| Eng yaxshi film | "O'zbekfilm" DUK mahsuloti, rejissor Umid Hamdamovning "Issiq non" filmi |
"Oltin Humo" — 2021
"Oltin Humo" kinotaqdimoti 2021-yilda keng qamrovda boʻlib oʻtdi. Taqdimot 2020-yil COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgani sababli ikki yil (2019-2020) davomida suratga olingan jami 53 ta, xususan 25 ta badiiy, 21 ta xujjatli va 7 ta animatsion filmlar saralash komissiyasiga topshirilgan.
„Oltin Humo“ kinotaqdimoti ikkinchi bor 2021-yilning 22-dekabrida „Kinochilar uyi“ da boʻlib oʻtdi. Bu galgi kinotaqdimot hakamlar hayʼati tarkibida quyidagi mutaxassislar boʻlgan:
- Oʻzbekiston Xalq artisti Yoqub Ahmedov
- Oʻzbekiston sanʼat arbobi, kinooperator Abdurahim Ismoilov
- Oʻzbekiton Respublikasi Kinematografiya agentligi raisi birinchi oʻrinbosari, sanʼatshunos Shuhrat Rizayev
- Oʻzbekiston sanʼat arbobi, kinorejissor Zulfiqor Musoqov
- Oʻzbekiston Xalq Rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur
- OʻzJOKU rektori, Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxoʻjayev
- Rejissor-animator Bekzod Salomov
| Nominatsiya | Nominatsiya gʻolibi |
|---|---|
| Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti | |
| Eng yaxshi hujjatli film | "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Ali Hamroyevning "Xalq jasorati" filmi |
| Eng yaxshi animatsion film | "ASTIR ANIMATION STUDIO" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Abdulatif Haydarovning "Avtosarguzashtlar 4" filmi |
| Eng yaxshi kompyuter grafikasi | Dilshod Latifxoʻjayev, „Ibrat“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ovoz rejissor | Anvar Fayzullayev, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi grim rassomi | Zilola Sobirova, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi montaj ishi | Xurshid Alixoʻjayev, „Tengiz“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi | Zuxra Gʻaniyeva. „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi rassom ishi | Isobek Egamberdiyev,Husaynboy Eshniyozov, „Qoʻqon Shamoli“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi kino bastakori | Ubaydulla Karimov, „Rangsiz tushlar“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ssenariy | Umid Hamdamov, "Rangsiz tushlar" filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi operatorlik ishi | Jahongir Ibragimov, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi rejissorlik ishi | Ayub Shahobiddinov, "Rangsiz tushlar" filmidagi ishi uchun |
| Eng yaxshi ayol roli | Dilorom Karimova, „Ilhaq“ filmidagi roli uchun |
| Eng yaxshi erkak roli | Karim Mirxadiyev, „Ibrat“ filmidagi roli uchun |
| Tomoshabin mehrini qozongan film | "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Rixsivoy Muhammadjonovning "Qor yogʻmoqda, oppoq qor" filmi |
| Eng yaxshi film | "Ezgu film" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" filmi |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oltin humo haqida ma’lumot. oltin humo nima? oltin humo nimani anglatadi?
