Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan) — oʻzbek kinorejissyor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat x

Jahongir Ahmedov

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Ahmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan) — oʻzbek kinorejissyor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Jahongir Ahmedov
Tavalludi 4-fevral 1983-yil (1983-02-04) (43 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Rejissyor, ssenariychi
Faoliyat yillari 2009 — h.v.
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Tarjimai hol

Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitirib, 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik boʻyicha tamomlagan. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.

Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediya kartinasini olishdan boshlagan. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻygan. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrgan.

2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ish boshlagan. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga olgan. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritgan. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholangan. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etilgan.

2020-yil Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olingan. Jahongir Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissyori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etilgan. Film kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topilgan. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissyor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan.

  • 2018-yilda – Oʻzbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi.
  • 2019-yilda – Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash aʼzosi.
  • 2020-yilda – Oʻzbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv aʼzosi.

Maʼlumoti

  • Toshkentdagi 25-oʻrta maktabni bitirgan.
  • 2002-yildan 2006-yilgacha Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan.
  • 2006-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida magistratura bosqichida tahsil olgan va tamomlagan.

Filmografiya

Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan.

Yil
Nomi Rol
2009-yil Uylanish rejissor, ssenariy muallifi
2010-yil Omad rejissor, ssenariy muallifi
2010-yil Tundan tonggacha rejissor, ssenariy muallifi
2011-yil Oling quda − bering quda rejissor, ssenariy muallifi
2011-yil Qorakoʻz rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Soʻnggi qoʻngʻiroq rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Xizmat doirasidan tashqarida rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Tundan tonggacha 2 rejissor, ssenariy muallifi
2013-yil Ana xolos rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Tilim qursin rejissor, ssenariy muallifi
2014-yil Baxt ortidan rejissor, ssenariy muallifi
2014-yil Onam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Dadam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Tilim qursin 2 rejissor, ssenariy muallifi
2016-yil Majnun rejissor, ssenariy muallifi
2017-yil Asal oyi rejissor, ssenariy muallifi
2018-yil Islomxoʻja rejissor, ssenariy muallifi
2020-yil Ilhaq rejissor, ssenariy muallifi

Mukofotlar

  • 2011-yil „M & TVA Eng yaxshi rejissori“ nominatsiyasi gʻolibi.
  • 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
  • 2021-yil „Listopad“ Xalqaro kinofestivalda Gran-pri sohibi („Ilhaq“ filmi uchun).
  • 2021-yil „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film“ nominatsiyasi gʻolibi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jahongir ahmedov haqida ma’lumot. jahongir ahmedov nima? jahongir ahmedov nimani anglatadi?

Yuqori