Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zulfiqor Musoqov Jalolovich (asl ismi — Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda Olmaliqda tavallud topgan) — oʻzbek kinorejissyori, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi bosh

Zulfiqor Musoqov

Zulfiqor Musoqov Jalolovich (asl ismi — Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda Olmaliqda tavallud topgan) — oʻzbek kinorejissyori, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi bosh muharriri.

Zulfiqor Jalolovich Musoqov
Tavalludi
Jamol Musoqov

19-yanvar 1958-yil (1958-01-19) (68 yosh)
Oqqo'rg'on, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi rejissor, ssenarist
Filmlari "Abdullajon", „Yaratganga shukr“, „Osmondagi bolalar“ …
Faoliyat yillari 1983 — hozirga qadar
Yoʻnalish drama, komediya
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiMehnat shuhrati ordeni
Veb-sayt focusgroup.uz

Zulfiqor Musoqov taniqli kinorejissyor va ssenarist, o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989-yildan boshlagan. Zulfiqor Musoqov o‘zining „Abdullajon“, „Bomba“, „Yaratganga shukur“, „Kichkina tabib“, „Oyijon“, „Osmondagi bolalar — 1-2-3“, „Vatan“, „Qo‘rg‘oshin“, „Qovun“, „Xazonrezgi“, „Novda“, „Dadam betob“ kabi filmlari va „Ayol zoti“ teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning „Vatan“ filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda „Osiyoning eng yaxshi filmi“ nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan. 2011-yilda rejissyor suratga olgan „Qo‘rg‘oshin“ badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan „Kinoshok“ Xalqaro kinofestivalida qatnashib, „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.

Zulfiqor Musoqov 2003-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni, 2006-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi“unvoniga sazovor bo‘lgan.

Filmlari

  • Чужое счастье (1978);
  • Завтра выйдешь? (1980);
  • Sud kuni (1983);
  • Qaldirgʻoch (1988);
  • Askarlar ertagi, Debyut (1989);
  • Abdullajon (1991);
  • Birinchi boʻsa (1991);
  • Шаг вправо... шаг влево... (1991);
  • Makler (1992);
  • Bomba (1995);
  • Yaratganga shukur (film, 1997)
  • Kichkina tabib (1997);
  • Ayol zoti (serial)(1998);
  • Oyijon (2000);
  • Osmondagi bolalar (2002);
  • Kovush (2002);
  • Osmondagi bolalar-2 (2003);
  • Oʻzimizning odam (serial) (2004);
  • Dada (2004);
  • Свой человек (2005);
  • Vatan (2006);
  • Osmon yaqin (2006);
  • Suiqasd (2006);
  • Восточный двор с кривой луной (2008);
  • Qo‘rg‘oshin (2011);
  • Qovun (2012);
  • Bekatdagi odam (2014);
  • Novda (2015);
  • Xazonrezgi (2016);
  • Berlin — Oqqoʻrgʻon (2018).
  • Alvido ssenarist (2019)
  • Kasallik tarixi (2021)
  • Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar (2023)

Mukofotlari

Zulfiqor Musoqov 2006-yil 25-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.2023-yil 31-avgustda "Fidokorona xizmatlari uchun" orderi bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, zulfiqor musoqov haqida ma’lumot. zulfiqor musoqov nima? zulfiqor musoqov nimani anglatadi?

Yuqori