Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qamara Shodmonovna Kamolova (1938.9.12, Buxoro) – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-yil Toshkent telestudiyasida

Qamara Kamolova

Vikipediyada ismi Qamara va familiyasi Kamolova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Qamara Shodmonovna Kamolova (1938.9.12, Buxoro) – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida kinorejissyor. „Gʻaroyib sarguzasht“, „Rahim va qoʻngʻiz“, „Bulutni kim yasadi“, „Qiz-bola va yulduzcha“, „Velosipedcha qochib ketdi“ kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: „Achchiq danak“, „Oʻzganing baxti“, „Ertaga chiqasanmi?“, „Nabiramiz militsiyada ishlaydi“, „Boʻlmagan narsa haqida“, „Yovvoyi“, „Atrof qor bilan qoplandi“ va b. 1993-yil „Shod“ studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. „Achchiq danak“ filmi Qohira kinofestivali (1978)ning „Kumush Nefertiti“ sovrini, Fransiyaning Strasburg sh.da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qamara kamolova haqida ma’lumot. qamara kamolova nima? qamara kamolova nimani anglatadi?

Yuqori