Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mirzachoʻl tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda tashkil etilgan. Shimoliydan Qozogʻiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jiz

Mirzachoʻl tumani

Mirzachoʻl tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda tashkil etilgan. Shimoliydan Qozogʻiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jizzax viloyatining Doʻstlik, gʻarbdan Forish, Arnasoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 420 km². Aholisi 57,1 ming kishi (2025). Mirzachoʻl tumanida 1 shahar (Gagarin), 12 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Bogʻbon, Ipakyoʻli, Paxtazor, Toshkent, Yangidala, Oʻzbekiston, Gulzor, Doʻstlik, Erjar, Mustaqillik, Gʻalaba, Mirzadala) mavjud. Markazi Gagarin shahri. Gagarin shahri hududi 4 ta mahalladan (Doʻstlik, Erjar, Mustaqillik, Gʻalaba) iborat.

Mirzachoʻl tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gagarin
Asos solingan sanasi 09.01.1967
Tuman hokimi Mirzakulov Batirjon Kazakbaevich
Rasmiy tili Oʻzbek tili
Aholi (2025) 57100
Millatlar tarkibi O‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz, ozarbayjon, rus, nemis va boshqalar
Dinlar tarkibi islom, xristian (pravaslav)
Maydoni 420 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72312
Pochta indeksi 130300
Avtomobil raqami kodi 25
Rasmiy sayti https://gov.uz/oz/mirzachul
Xaritada
Mirzachoʻl tumani xaritada
40°39′36.0″N 68°9′46.8″E / 40.660000°N 68.163000°E / 40.660000; 68.163000

Mirzacho‘l aholisi

Mirzachoʻl tumani relyefi pastgekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq, qishda sovuq, yozi issiq. Oʻrtacha temperatura yanvarda —1,5°, iyulda 30°; minimal temperatura —30° (yanvarda), maksimal temperatura 42° (iyulda). Vegetatsiya davri 224 kun. Yiliga oʻrtacha 240 mm yogʻin yogʻadi. Tuprogʻi och boʻz va shoʻrxok tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, shuvoq, yantoq, shoʻra, rang, iloq, qiyoq, qamish, ituzum, qushqoʻnmas, shamak, yulgʻun, yovvoyi jiyda, terak, tol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tuvaloq, tulki, chiyaboʻri; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan choʻl burguti, yovvoyi oʻrdak bor.

Iqtisodiyoti

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Tumanda kichik, xususiy korxonalar mavjud. Mirzachoʻl tumanining jami ekin maydoni 28,2 ming ga, shundan 13,8 ming ga paxta, 11 ming ga boshoqli don, 1,2 ming ga dukkakli ekinlar, 321 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. Dehqonfermer, jamoa, boʻrdoqichilik hamda 9 shirkat xoʻjaligi bor. Tuman hududidan magistral temir yoʻl oʻtgan. Sirdaryo — Jizzax, Qozogʻistonning Yettisoy tumani — Paxtakor, Guliston — Gagarin avtomobil yoʻllari mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Mirzachoʻl tumanida avtokorxona, paxta tozalash zavodi, tekstil maxsulotlari ishlab chiqarish kooperatsiyasi, texnik spirt ishlab chiqarish zavodi, ijara korxonasi, aksiyadorlik jamiyatlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 17 ta davlat va 26 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti (3 300 dan ortiq tarbiyalanuvchilar), 20 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (9 000 dan ortiq oʻquvchi), 2 ta kasb maktablari, 1 kutubxona, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 7 stadion, yodgorlik monumentlari mavjud. 1 markaziy kasalxona, 3 nodavlat tibbiy muassasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dorixona faoliyat koʻrsatmoqda.

Mirzachoʻl tumanida Gagarin sanatoriysi faoliyat yuritadi.

1968-yildan „Mirzachoʻl ovozi“ (avvalgi „Doʻstlik“) gazetasi chiqariladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mirzachoʻl tumani haqida ma’lumot. mirzachoʻl tumani nima? mirzachoʻl tumani nimani anglatadi?

Yuqori