Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Arnasoy tumani – Jizzax viloyatidagi tuman, 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Forish tumani, janubida Zafarobod tumani, janubi-s

Arnasoy tumani

Arnasoy tumani – Jizzax viloyatidagi tuman, 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Forish tumani, janubida Zafarobod tumani, janubi-sharqda Paxtakor tumani, sharqda Doʻstlik tumani, shimoli-sharqda Mirzachoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1.23 ming km². Aholisi 145000 mingdan ortiq kishi (2022). Arnasoy tumanida 11 mahalla fuqarolar yigʻini (Doʻstlik, Baxtli, Choʻlquvar, Yangiboʻston, Gʻoliblar, G‘.G‘ulom, Oltin vodiy, Bobur, Chinobod, Tinchlik, Bo‘ston) bor. Markazi – Gʻoliblar shaharchasi.

Arnasoy tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gʻoliblar
Asos solingan sanasi 1975
Odil Olimovich Musanov Hokim
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2022) 145000
Zichligi 1km² 90 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Arnasoy tumani xaritada
40°33′36.0″N 67°48′7.2″E / 40.560000°N 67.802000°E / 40.560000; 67.802000

Tabiati

Tuman relefi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimoliy va shimoli-gʻarbdan janubiy va janubi-sharqqa tomon asta-sekin koʻtarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 5° C, iyulniki 30° gacha. Yiliga oʻrtacha 150-300 mm yogʻin tushadi. Arnasoy tumanining shimoliy qismida Aydar koʻli joylashgan. Tuprogʻi asosan boʻz-qoʻngʻir tuproq, shimoli-sharqiy qismida qisman shoʻrxoklar bor. Tumanning choʻl joylarida chala butalar, saksovul, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Kemiruvchilardan qoʻshoyoqlar, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; hasharotlardan chayon, falanga; qushlardan toʻrgʻay, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli yashaydi. Arnasoy tumani hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi tashkil etilgan.

Aholisi: asosan, oʻzbeklar; shuning-dek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga oʻrtacha 90 kishi.

Xoʻjaligi

Arnasoy tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, 5 paxta tayyorlash punkti bor. Arnasoy tumanida 7 jamoa xoʻjaligi, 11 tokchilik xoʻjaligi mavjud. 20 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga gʻalla, qariyb 1000 ga yerga sabzavot ekiladi; tokzor va bogʻlar 1000 ga ni tashkil qiladi.1996/97 oʻquv yilida 11 umumiy taʼ-lim maktabida 4 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. 60 ta bolalar bogʻchasida qariyb 21000 nafar bola tarbiyalanmoqda. 4 ta klub, 6 ta madaniyat markazi, 10 ta kutubxona, 3 ta kasalxona, 2 ta ambulatoriya boʻlib, 90 nafar vrach, 150 dan ziyod oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Arnasoy tongi“ tuman gazetasi 1977-yildan chiqadi.

Rasmlar

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, arnasoy tumani haqida ma’lumot. arnasoy tumani nima? arnasoy tumani nimani anglatadi?

Yuqori