Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tuvaloqlar (Otididae) — turnasimonlar turkumining bir oilasi. Boʻyni oʻrtacha uzunlikda, oyogʻi baquvvat, barmoqlari kalta (orqa barmogʻi yoʻq), qadoqsimon yost

Tuvaloqlar

Tuvaloqlar (Otididae) — turnasimonlar turkumining bir oilasi. Boʻyni oʻrtacha uzunlikda, oyogʻi baquvvat, barmoqlari kalta (orqa barmogʻi yoʻq), qadoqsimon yostiqchalari bor. Dumi nisbatan kalta, yogʻ bezlari yuq. Yaxshi yuguradi. 11 urugʻga mansub 24 turi bor. Afrika, Yevropa, Avstraliya, Osiyoning dasht va chullarida urchish davrida juftjuft boʻlib yashaydi. Oʻtroq hayot kechiruvchi va migratsiya qiluvchi turlari mavjud. Yerga uya quradi. 2—5 ta tuxum qoʻyadi. 20—30 kun bosadi. Oʻsimliklar, hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Koʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi va tartibsiz ovlanishi natijasida soni kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda 3 turi (toʻxtatuvaloq, bizgʻaldoq, yoʻrgʻa tuvaloq) uchraydi. Koʻrsatilgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.

Kori tuvalog'i


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tuvaloqlar haqida ma’lumot. tuvaloqlar nima? tuvaloqlar nimani anglatadi?

Yuqori