- Vikipediyada ismi Joʻra va familiyasi Rahimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.
| Joʻrabek Rahimovich Rahimov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2022-yil 16-dekabrdan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Farhod Ermanov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-iyul 1981-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati |
| Mukofotlari | |
Hayoti
Maʼlumoti
2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim-agronom, iqtisodchi.
Mehnat faoliyati
1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.
1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).
2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.
2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.
2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.
2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.
2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.
2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.
2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.
2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.
2022—2023 — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.
2023-yildan — Xorazm viloyati hokimi.
Mukofotlari
2017-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, joʻrabek rahimov haqida ma’lumot. joʻrabek rahimov nima? joʻrabek rahimov nimani anglatadi?


