Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1804-yil amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida boʻlgan. 1807-yil Turkiyaga

Abdulkarim Buxoriy

Abdulkarim Buxoriy (? — 1830) — Buxoro amirligida yashagan tarixchi, geograf, sayyoh.

1804-yil amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida boʻlgan. 1807-yil Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib boʻlib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan.

Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afgʻoniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, u „Tarixi Nadimiy“ nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer „Markaziy Osiyo tarixi“ deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdulkarim buxoriy haqida ma’lumot. abdulkarim buxoriy nima? abdulkarim buxoriy nimani anglatadi?

Yuqori