Aborigenlar (lotincha: aborigine – qadimdan, boshdan) – 1) biror mamlakat, oʻlkaning qadimdan oʻsha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga koʻra, Apennin togʻlari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila aborigenlar deb atalgan; 2) oʻsimlik va hayvonlarning bir joyning oʻziga qadimdan xos boʻlgan mahalliy, jaydari nav va zotlari (qarang Avtoxtonlar).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aborigenlar haqida ma’lumot. aborigenlar nima? aborigenlar nimani anglatadi?