Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turdimov Erkinjon Oqbo'tayevich (Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arb

Erkinjon Turdimov

Vikipediyada ismi Erkin va familiyasi Turdimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Turdimov Erkinjon Oqbo'tayevich (Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2025-yildan Sirdaryo viloyati hokimi. 2008-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich
Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич
Sirdaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2025-yil 22-yanvardan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Akmaljon Mahmudaliyev
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2018-yil 11-iyul – 2024-yil 28-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Turobjon Joʻrayev
Vorisi Adiz Boboyev
Surxondaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2016-yil 20-dekabr – 2018-yil 11-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tojimurod Mamaraimov
Vorisi Bahodir Poʻlatov
Navoiy viloyati hokimi
Mansab davri
2008-yil 12-dekabr – 2016-yil 20-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahriddin Roʻziyev
Vorisi Qobul Tursunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1969-yil (1969-07-10) (56 yosh)
Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti

Taʼlim

1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1991—1995-yillarda „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxasisi, „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxasis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, 2008-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2018—2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlagan. 2025-yil yanvar oyidan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ommaviy chiqishlari

Erkinjon Turdimov vaqti-vaqti bilan OAV nazariga tushib turadi. Jumladan, 2018-yilda soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qilishi.

Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi

— Erkinjon Turdimov,

2019-yilda Turdimov qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochganligi haqida ham gapirib oʻtgan. 2020-yilda Samarqand viloyatida sogʻlom turmush tarzi targʻiboti doirasida viloyatdagi barcha rahbarlarni 10 kun davomida ishga piyoda qatnashga chaqiruvi ham muhokamalar keltirib chiqargan edi.

Mukofotlari

2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Erkinjon Turdimov Afgʻoniston vazirligi medali bilan taqdirlangan. Medalni Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy topshirgan.

2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, erkinjon turdimov haqida ma’lumot. erkinjon turdimov nima? erkinjon turdimov nimani anglatadi?

Yuqori