Qobul Beknazarovich Tursunov (1964-yil, Navoiy tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Nurota tumani hokimi va Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 2016-yil 25-dekabrdan 2021-yilga qadar Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.
| Qobul Beknazarovich Tursunov | |
|---|---|
| Mansab davri 25-dekabr 2016-yil – 8-noyabr 2021-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Erkinjon Turdimov |
| Vorisi | Normat Tursunov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 30-mart 1964-yil Navoiy tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filiali (1993) Buxoro davlat universiteti (2004) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2005) |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
- 1964-yilda Buxoro viloyatining Navoiy tumanida (hozirda Navoiy viloyatida joylashgan) tavallud topgan.
- 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filialini, 2004-yilda Buxoro davlat universitetini, 2005-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
- 1981-1986 — Navoiy tumani 18-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasida boshlagan. Bu yerda ishchi, keyinchalik xaridlar boʻyicha iqtisodchi boʻlib ishlagan.
- 1986-1989 — „Davlatagrosanoat“ qoʻmitasi bosh axborot-hisoblash markazining Navoiy shahridagi 41-boʻlimi yetakchi muhandisi.
- 1989-1997 — „Oʻzmatlubotqurilish“ trestiga qarashli „Navoiy“ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi moliya-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, trest direktorining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.
- 1997-2006 — „Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyati taʼminot boʻlimi etakchi mutaxassisi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi.
- 2006-2012 — Navoiy shahar „Baxt-Textile“ qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari, keyinchalik direktori.
- 2012-2016 — Nurota tumani hokimi.
- 2015-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.
- 2016-2021 — Navoiy viloyati hokimi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qobul tursunov haqida ma’lumot. qobul tursunov nima? qobul tursunov nimani anglatadi?
