Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Adiz Muzaffarovich Boboyev (1972-yil, Vobkent, Buxoro viloyati) – Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2024-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hisob pala

Adiz Boboyev

Adiz Muzaffarovich Boboyev (1972-yil, Vobkent, Buxoro viloyati) – Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2024-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi boʻlib ishlagan.

Adiz Muzaffarovich Boboyev
Адиз Музаффарович Бобоев
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2024-yil 28-noyabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Erkinjon Turdimov
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi
Mansab davri
2024-yil 29-yanvar – 2024-yil 28-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Mehriddin Abdullayev
Vorisi Adiz Boboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil
Vobkent tumani

Biografiyasi

Adiz Boboev 1972-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan.

1993-yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini „Iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1993-2002-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi, etakchi mutaxassisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2002-2007-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – jamlanma byudjet boʻlimi boshligʻi, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2008-2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi daromadlarni prognozlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2010-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi daromadlarni rejalashtirish va jamlangan byudjet tushumlarini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2012-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosari, keyinchalik byudjetdan tashqari taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy taʼminlash departamenti direktori lavozimida ishlagan.

2020-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2023-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-yanvardagi PF-21-sonli Farmoni bilan Adiz Muzafarovich Boboev Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.

2024-yil 28-noyabr kuni Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlandi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, adiz boboyev haqida ma’lumot. adiz boboyev nima? adiz boboyev nimani anglatadi?

Yuqori