Sunatulla Xusanovich Bekenov (1971-yil, Chimkent, Qozog‘iston) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning matematika fakultetini tamomlagan.
| Sunatillo Bekenov | |
|---|---|
| | |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori | |
| Mansab davri 2019-yil 13-sentyabr | |
| Oʻtmishdoshi | Ahadbek Haydarov |
| Vorisi | Akmalxon Ortiqov |
| O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi | |
| Mansab davri 23-iyul, 2022 | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1971-yil Chimkent, Qozogʻiston |
| Maʼlumoti | Oʻzbekiston milliy universiteti |
Faoliyati
1993−1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi matematika Ilmiy-tadqiqot institutida ish oʻrganuvchi-tadqiqotchisi;
1994−1994-yillarda O‘zbekiston Xalq bankining Toshkent viloyati Boshqarmasi moliya bo‘limi iqtisodchisi;
1994−2000-yillarda Xalq bankida turli lavozimlarda;
2000−2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori Boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
2004−2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha Davlat qoʻmitasi qoshidagi korporativ qimmatli qog‘ozlar Davlat Markaziy depozitariyasi direktori;
2006−2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari;
2007−2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Yig‘ma axborot-tahlillar departamenti rahbari;
2008−2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi;
2009-yilning iyulidan 2010-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;
2010−2011-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
2011−2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi;
2016−2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirning birinchi o‘rinbosari;
2015−2016-yillarda Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;
2018-yil 19-fevraldan 2019-yilning 28-yanvariga qadar Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi Raisining Birinchi o‘rinbosari;
2019-yil 28-yanvardan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-sentyabrda imzolagan qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimlarida ishladi;
2022-yil Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi etib tayinlandi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sunnatilla bekenov haqida ma’lumot. sunnatilla bekenov nima? sunnatilla bekenov nimani anglatadi?
