Abdugʻani Abdurahmonovich Sanginov (2-iyun, 1959-yil Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati) – senator, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi.
| Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 2-iyun 1959-yil |
| Taʼlimi | Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Abdugʻani Sanginov 1959-yil 2-iyun kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tavallud topgan.
Taʼlimi
1982-yilda Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1982-yilda „Toʻpolangsuvqurilish“ trestida laboratoriya muhandisligi bilan boshlab, 18 yil davomida master, prorab, uchastka boshligʻi, mazkur trestning qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2000-yildan 2008-yilgacha „ToʻpolangsuvGESqurilish“ boshqarmasi boshligʻi, „ToʻpolangsuvGESqurilish“ masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Abdugʻani Sanginov Toʻpolon, Rezaksoy suv omborlari, Toshkent va Talimarjon issiqlik energiya stansiyalari, Amu-Zang, Toshsoqa, Janubiy Qoraqalpog‘iston va Hazorbogʻ kanallar sistemasi qurilish jarayonida faoliyat olib borgan.
2008-yil yanvarda „Oʻzsuvenergo“ birlashmasi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
2017-yil 18-maydan „Oʻzbekgidroenergo“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Sanginov 2020–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi sifatida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida faoliyat olib borgan.
Mukofotlari
- 2000-yil - Doʻstlik ordeni
- 2005-yilda Mehnat shuhrati ordeni
- 2018-yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvoni
A.Sanginov rahbarligida
2025-yilda – “O‘zbekgidroenergo” AJ 8 yillik tarixi davomida murakkab shakllanish va jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi hamda bugungi kunda yurtimiz gidroenergetikasining mustaqil, yagona va asosiysi yaxlit tizimi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamiyatimiz tomonidan bugungi kunga qadar umumiy quvvati 430 MVtga teng bo‘lgan 55 ta GES foydalanishga topshirildi. Shundan, 42 ta yangi GES qurilgan bo‘lsa, 13 ta mavjud GES zamonaviy talablar asosida to‘liq modernizatsiya qilindi.
Jamiyat 2 yildirki, ni 2-darajali reytingiga ega bo‘lib[sayt ishlamaydi], ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Yagona vaziyatlar markazi faoliyatiga doir
Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 228 MVt bo‘lgan Norin GESlar kaskadi qurilishi loyihasi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31- yanvardagi “Chotqol daryosida [https://uzgidro.u z/news/view/3543 Quyi Chotqol GES][sayt ishlamaydi] qurilishi”
Xitoy Xalq Respublikasining sohada ulkan tajribaga ega bo‘lgan [http s://powergen.com.my/portfolio/zhejinag-jinlun/ “Zhejiang Jinlun Electromechanic] Co., Ltd.” (Jinlun) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “UzHydroPower” zavodi tashkil qilindi.
Jamiyat 2020-yilda respublika sanoat korxonalar orasida birinchi bo‘lib “Fitch Reytings” xalqaro reyting agentligining B+ (ijobiy) xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritdi hamda mustaqil kredit reytingini so‘nggi yilda (barqaror) BB darajasiga ko'tarildi.
Davlat rahbari GESlarga tashrifi
Sariosiyoda Zarchob-3 kichik gidro elektr stansiyasi qurilishiga start
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib, modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Surxondaryoda ichimlik suvi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirilishi
Bo‘stonliq tumaniga tashrifi chog‘ida Ugam-1 kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.
Korporativ va ijtimoiy hisobotlar
2022-yil, 2023-yil, 2024-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdugʻani sanginov haqida ma’lumot. abdugʻani sanginov nima? abdugʻani sanginov nimani anglatadi?
