Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alejandro Pozuelo Melero (talaffuzi: Alexandro Pozuelo Melero) 1991-yil 20-sentabrda Sevilyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Inter Miami“ klubining hu

Alejandro Pozuelo

Alejandro Pozuelo Melero (talaffuzi: Alexandro Pozuelo Melero) 1991-yil 20-sentabrda Sevilyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Inter Miami“ klubining hujumkor yarim himoyachisi.

Alejandro Pozuelo
Pozuelo Toronto FC bilan 2020-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alejandro Pozuelo Melero
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1991-yil (1991-09-20) (34 yosh)
Tavallud joyi Sevilla, Ispaniya
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Fayha
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Betis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2012 Betis B 44 (16)
2011–2013 Betis 29 (3)
2013–2014 Swansea City 22 (0)
2014–2015 Rayo Vallecano 11 (0)
2015–2019 Genk 106 (17)
2019–2022 Toronto FC 88 (26)
2022 Inter Miami 12 (2)
2023 Konyaspor 12 (4)
2023–2024 Al Jazira 21 (3)
2024– Al-Fayha 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-avgust uchun)

Faoliyati

Alejandro Pozuelo Melero oʻz shahrining „Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yilning 2-oktabr kuni u La Ligadagi debyutini „Levante“ga qarshi oʻtkazdi. 18-dekabr kuni "Atletico Madrid"ga qarshi oʻyinda Alejandro Pozuelo Melero „Real Betis“ safidagi ilk golini urdi.

2013-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Uelsning „Swansea City“ klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi. 25-avgust kuni Tottenhamga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi.

2014-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero oʻz vataniga qaytib, „Rayo Vallecano“ futbolchisiga aylandi. 14-sentabr kuni „Elche“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi.

2015-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Belgiyaning „Genk“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 18-sentyabr kuni „Mechelen“ga qarshi oʻyinda u Yupiler ligasida debyut qildi. 2016-yilning 13-martida „Ostend“ga qarshi kechgan bahsda Alejandro Pozuelo Melero „Genk“ safida ilk golini urdi. 2017-yilning 23-fevralida Yevropa ligasi doirasida Ruminiyaning „Astra“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urdi. 2018-yilning 29-noyabr kuni Alejandro Pozuelo Melero Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Malmyo“ klubiga qarshi oʻyinda gol urdi.

2022-yil 7-iyulda Alejandro Pozuelo Melero „Inter Miami“ga 150 000 dollarga sotildi. U 16-iyul kuni „Inter Miami“da „Sharlotta“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 13-avgust kuni „New York City“ga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ safidagi ilk gollarini dubl bilan urdi.

Statistika

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Real Betis Balompié „B“   Ispaniya 2010-2012 42 16
Real Betis Balompié   Ispaniya 2011-2013 33 3
Swansea City   Ruminiya 2013-2014 36 2
Rayo Vallecano   Ispaniya 2014-2015 13 1
K. R. C. Genk   Belgiya 2015-2019 175 25
Toronto F. C.   Kanada 2019-2022 27 11
Inter de Miami   AQSh 2022-

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alejandro pozuelo haqida ma’lumot. alejandro pozuelo nima? alejandro pozuelo nimani anglatadi?

Yuqori