Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Swansea City (inglizcha: Swansea City Association Football Club — inglizcha talaffuzi: /ˈswɒnzi 'sɪtɪ 'futbɔ:l klʌb/) — xuddi shu nomdagi shaharda joylashgan Ue

Swansea City

Swansea City (inglizcha: Swansea City Association Football Club — inglizcha talaffuzi: /ˈswɒnzi 'sɪtɪ 'futbɔ:l klʌb/) — xuddi shu nomdagi shaharda joylashgan Uels professional futbol klubi. Bu klub 1912-yilda tashkil etilgan.

Swansea City
Fayl:Swansea City AFC logo.svg
Toʻliq nomi Swansea City Association Football Club
Laqabi The Swans
The Jacks
Asos solingan 1912 (113 yil avval) (1912), as Swansea Town
Swansea.com Stadium
Sigʻimi 21,088
Egasi Swansea City Football 2002 Ltd.
Raisi Andy Coleman
Head coach Luke Williams
Liga Andoza:English football updater
Oʻrni Andoza:English football updater
Vebsayti Klub sayti
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Uchinchi libosi
Amaldagi mavsum

Hozirda Angliyada futbol ligasi tizimidagi ikkinchi eng muhim divizion boʻlgan chempionatda oʻynamoqda.

Klub 1912-yilda „Swansea Town“ nomi bilan tashkil topgan hamda 1920-yilda Futbol Ligasiga qoʻshilgan va shundan beri doimiy aʼzo boʻlib kelmoqda. „Swansea City“ klubi 10 karra Uels kubogi sohibi. 1926 va 1964-yillarda Angliya kubogi yarim finalchisi boʻlgan. 2013-yilgi futbol ligasi kubogi sohibi. Klub 1981-yildan 1983-yilgacha sobiq Futbol Ligasi Birinchi divizionida ishtirok etgan. Futbol Ligasi Birinchi divizioni birinchi mavsumida jamoa 6-oʻrinni egallagan.

2005-yildan beri uy uchrashuvlari „Ospreys“ regbi klubining „Liberty Stadium“ maydonida oʻtkaziladi. 2005-yilgacha klubning uy maydoni Vetch Field boʻlgan.

Klub ranglari qora va oq hisoblanadi. „Swansea City“ va uning tarafdorlari norasmiy ravishda „Jeks“ nomi bilan tanilgan.

Klub tarixi

Klub 1912-yilda tashkil etilgan. Shu vaqtdan boshlab 1969-yilgacha jamoa „Swansea Town“ deb nomlangan (inglizcha: Swansea Town). 1969-yilda jamoa „Swansea City“ deb oʻzgartirilgan.

Klub oʻz tarixida ikki marta Angliya kubogining yarim finaliga chiqqan. 1925/26-yilgi mavsumda jamoa „Bolton“ jamoasiga 0:3 hisobida, 1963/64-yilgi mavsumda esa „Preston North End“ jamoasiga yutqazib qoʻygan.

Premer-ligaga koʻtarilishning boshlanishi jamoaning 2005 yilda Liberty Stadiumga koʻchib oʻtishi bilan bogʻliq. 2007/08 yilgi mavsumda klub 18 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriyani davom ettirdi va bu ularga uchinchi oʻringa koʻtarilish imkonini berdi. „Suonsi Siti“ning besh nafar futbolchisi yilning eng yaxshi yulduzlar jamoasiga kiritildi.

2010/11 yilgi mavsumda jamoa Futbol Ligasi chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻllanma oldi va yarim finalda „Nottingem Forest“ jamoasini umumiy hisobda 3:1 hisobida magʻlub etdi. „Wembley“da boʻlib oʻtgan finalda „Reding“ 4:2 hisobida magʻlub boʻldi va bu „Swansea City“ga oʻz tarixida birinchi marta Premer-ligaga chiqish imkonini berdi.

Premer-ligadagi debyut mavsumida „Swansea City“ 11-oʻrinni egallagan.

2012/2013-yilgi mavsumda „Swansea City“ Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan. Finalda „Swansea City“ „Bredford City“ni 5:0 hisobida magʻlub etgan. Premer-liganing 2012/13-yilgi mavsumida „Swansea City“ 9-oʻrinni egallagan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, swansea city haqida ma’lumot. swansea city nima? swansea city nimani anglatadi?

Yuqori