Spektroskopiya – elektromagnit nurlanish va materiya oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir natijasida yuzaga keladigan elektromagnit spektrlarni toʻlqin uzunligi yoki nurlanish chastotasiga qarab oʻlchaydigan va sharhlaydigan tadqiqot sohasi.Materiya toʻlqinlari va akustik toʻlqinlar ham radiatsiyaviy energiya shakllari sifatida koʻrib chiqilishi mumkin
S.ning paydo boʻlishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666-yillarga toʻgʻri keladi. Asosan, 19-asrning boshidan spektral sistematik ravishda oʻrganilgan. S. maʼlum belgilarga koʻra, mas, elektromagnit toʻlqinlarning toʻlqin uzunligiga koʻra radiospektroskopiya (radiotoʻlqin sohasi), optik spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi va hokazo, tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spektroskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va boshqa boʻlimlarga boʻlib qaraladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, spektroskopiya haqida ma’lumot. spektroskopiya nima? spektroskopiya nimani anglatadi?