Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Al-Aziz Muhammad ibn Gʻoziy (tax. 1213-yilda tugʻilgan – 1236-yil 26-noyabrda vafot etgan) – kelib chiqishi kurdlardan boʻlgan Ayyubiylar sulolasiga mansub Hala

Al-Aziz Muhammad

Al-Aziz Muhammad ibn Gʻoziy (tax. 1213-yilda tugʻilgan – 1236-yil 26-noyabrda vafot etgan) – kelib chiqishi kurdlardan boʻlgan Ayyubiylar sulolasiga mansub Halab amiri, az-Zohir Gʻoziyning oʻgʻli va Salohiddinning nabirasi. Onasi Salohiddinning akasi al-Odilning qizi Dayfa Xotun boʻlgan.

Al-Aziz Muhammad
Al-Malik al-Aziz
Halab amiri
Saltanat 1216-yil 8-oktyabr — 1236-yil 26-noyabr
Oʻtmishdoshi Az-Zohir Gʻoziy
Davomchisi An-Nosir Yusuf
Regent Shihobiddin Toʻgʻrul
Tugʻilishi tax. 1213
Vafoti 1236-yil 26-noyabr
Turmush oʻrtogʻi Fotima Xotun
Farzandlari An-Nosir Yusuf
Gʻoziya Xotun
Sulola Ayyubiylar
Otasi Az-Zohir Gʻoziy
Onasi Dayfa Xotun
Dini Islom

Otasi az-Zohir Goʻziy 1216-yilda 45 yoshida vafot etganida al-Aziz atigi 3 yoshda edi. Otasining oʻlimidan soʻng darhol Halab hukmdori lavozimini meros qilib olgan. Regentlar kengashi tuzilib, Shihobiddin Togʻrul uning otabegi yoki vasiyi etib tayinlangan. Toʻgʻrul az-Zohir Gʻoziyning mamlugi boʻlib, keyingi 15 yil davomida Halabning amaldagi hukmdori boʻlgan.

Hukmronligi

Al-Aziz hokimiyatni amalda faqat 17 yoshida qoʻlga olgan. Shundan soʻng Toʻgʻrulni oʻzining xazinadori lavozimida saqlab qolgan. Umuman olganda, Ayyubiylar sulolasining turli aʼzolari oʻrtasidagi murakkab nizolarga aralashishdan tiyilgan va buning oʻrniga Halabning mudofaa tizimi hamda infratuzilmasini mustahkamlashga eʼtibor qaratgan. Az-Zohir Gʻoziy boshlagan va al-Aziz Muhammad yakunlagan qurilish ishlari qatoriga qal’ani qayta mustahkamlash hamda uning ichida saroy, masjid, qurol ombori va suv sisternalarini barpo etish kiradi. Al-Azizning al-Komilning qizi Fotima Xotunga uylangani maʼlum boʻlib, u ham qurilishga qiziqqan va Halabda 2 ta madrasa qurdirishni buyur buyurgan.

1232-yilda al-Aziz balogʻat yoshiga yetganida orada koʻp oʻtmay, Misr sultoni al-Komil Ayyubiylar ittifoqining turli hududlaridan qoʻshinlarni jamlab, Diyor Bakrga hujum qilish uchun katta harbiy kuch toʻplagan. Halab bu yurishda ishtirok etmagan va birorta ham askar yubormagan yagona amirlik boʻlgan. Biroq 1234-yilda al-Aziz al-Komil boshchiligidagi boshqa bir qoʻshinga oʻz boʻlinmalarini yuborgan. Bu qoʻshin Onadoʻliga bostirib kirish uchun yoʻlga chiqqan va ehtimol Malatya tomon yoʻnalgan. Al-Azizning oʻzi bu yurishda ishtirok etmagan va bu harakatlar sulton Alouddin Qayqubod boshchiligidagi saljuqiylar kuchlari tomonidan qaytarilgan.

Vafoti

Al-Aziz 1236-yil 26-noyabrda 23 yoshida vafot etgan. Toʻngʻich oʻgʻli an-Nosir Yusuf atigi 7 yoshda boʻlgani sababli al-Azizning onasi Dayfa Xotun regentlikni oʻz zimmasiga olgan. Al-Azizning qizi Gʻoziya Xotun esa Rum saljuqiy sultoni Kayxusravga turmushga chiqqan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, al-aziz muhammad haqida ma’lumot. al-aziz muhammad nima? al-aziz muhammad nimani anglatadi?

Yuqori