Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baqtigul Janybekovna Jeenbayeva (1960-yil 31-iyulda tugʻilgan) – Qirgʻizistonlik siyosatchi, 2018-yil dekabr oyidan 2020-yil 14-oktyabrgacha Qirgʻiziston Respub

Baqtigul Jeenbayeva

Baqtigul Janybekovna Jeenbayeva (1960-yil 31-iyulda tugʻilgan) – Qirgʻizistonlik siyosatchi, 2018-yil dekabr oyidan 2020-yil 14-oktyabrgacha Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri.

Baqtigul Jeenbayeva
Tavalludi 31-iyul 1960-yil (1960-07-31) (65 yosh)
Frunze, Qirgʻiziston SSR, SSSR
Fuqaroligi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Kasbi davlat xizmatchisi, siyosatchi

Hayoti

Jeenbayeva 1960-yil 31-iyulda Bishkek shahrida (oʻsha paytda Frunze deb atalgan va Sovet Ittifoqining bir qismi boʻlgan) tugʻilgan. Uning otasi, yadro fizigi Janybek Jeenboev Qirgʻiziston Fanlar akademiyasining prezidenti boʻlgan. Jeenbayeva Qirgʻiziston Milliy universitetida matematika va iqtisod fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega.

Karyerasi

 
Jeenbayeva (chapda) va AQSh elchisi Elis G.Uells 2019-yilda oʻgʻirlangan aktivlar Qirgʻiziston Respublikasiga qaytarilishini eʼlon qilmoqda

Baqtigul Jeenbayeva 1985-yildan 1992-yilgacha „Oq-Tilek“ ishlab chiqarish birlashmasida iqtisodchi boʻlib ishlagan. Oʻshanda u Tashqi va jamoatchilik aloqalari boʻlimida iqtisodchi boʻlgan. 2007-yilda u „New Television Network“ bosh direktori boʻlgan. 2010-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki raisi, 2016-yilda esa Davlat ipoteka kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi boʻldi. Oʻshanda u bankning mustaqilligi yoʻqligidan afsusda edi.

Jeenbayeva 2007-yildan buyon „Oqshumkar“ siyosiy partiyasining aʼzosi hisoblanadi. 2018-yil 6-iyuldan 2018-yil 12-dekabrgacha u Qirgʻiziston prezidentining maslahatchisi boʻlgan.

2018-yil 12-dekabrda parlament Jeenbayevaning nomzodini moliya vaziri lavozimiga, Bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziev taklif qilganidan soʻng 101 nafar deputat ovoz bergan holda maʼqulladi. Ertasi kuni u prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan rasman tayinlandi.

2019-yilda Jeenbayeva Huquqiy vakillik markaziga tegishli boʻlgan mablagʻlarni oʻgʻirlash aybi bilan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishga guvoh sifatida chaqirilgan edi.

2020-yil 14-oktabrda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan u egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shaxsiy hayoti

Baqtigul Jeenbayeva turmushga chiqqan va keyinchalik ajrashgan. Hozirda uning 1 nafar oʻgʻli bor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, baqtigul jeenbayeva haqida ma’lumot. baqtigul jeenbayeva nima? baqtigul jeenbayeva nimani anglatadi?

Yuqori