Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Salohuddin al-Ayyubiy (arabcha: صلاح الدين الأيوبي‎‎), Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar s

Salohuddin al-Ayyubiy

Salohuddin al-Ayyubiy (arabcha: صلاح الدين الأيوبي‎), Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169-yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171-yilda Fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib, Abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—1186-yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-yil 3—5-iyulda Salohuddin al-Ayyubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqinida (Falastin) tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddinning ichki siyosati harbiy len tizimini (qarang: Iqto) rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.

Salohiddin
Quddus fotihi
Misr va Suriya sultoni
Ikki muqaddas masjid xodimi

Salohuddin tasvirlangan dirham tanga (tax. 1189)
Misr va Suriya sultoni
Saltanat 1174—1193-yil, 4-mart
Oʻtmishdoshi Al-Adid (Fotimiylar xalifasi)
Davomchisi
  • Al-Aziz (Misr)
  • Al-Afdal (Suriya)
Tugʻilishi Salohuddin al-Ayyubiy
tax. 1137-yil
Tikrit, Jazira, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 4-mart 1193 (yoshi 55–56)
Damashq, Ayyubiylar davlati
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Ismet Hatun
Sulola Ayyubiylar {Sulola asoschisi)
Otasi Najmiddin Ayyub
Dini Islom

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, salohuddin al-ayyubiy haqida ma’lumot. salohuddin al-ayyubiy nima? salohuddin al-ayyubiy nimani anglatadi?

Yuqori