Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Heinrich Rudolf Hertz (talaffuzi: Henrix Hertz Rudolf; 1857-yil 22-fevral, Hamburg – 1894-yil 1-yanvar, Bonn) – nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan s

Genrix Gers

Heinrich Rudolf Hertz (talaffuzi: Henrix Hertz Rudolf; 1857-yil 22-fevral, Hamburg – 1894-yil 1-yanvar, Bonn) – nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shugʻullangan, birinchi boʻlib elektromagnit toʻlqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit toʻlqinlar va yorugʻlik nurlarining oʻzaro oʻxshashliklarini isbot qilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. Hertz tajribalari James Clerk Maxwell elektromagnit maydon nazariyasini amalda isbot qildi va ularning amalda qoʻllanishini boshlab berdi. U yorugʻlikning elektr razryadiga boʻlgan taʼsirini payqadi va shu bilan fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib borilishiga sabab boʻldi. Hertzning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elektrodinamikasidan, Maxwell tenglamalarini tajribada tekshirish va kuch tushunchasini eʼtiborga olmaydigan mexanikani tuzishdan iborat.

Heinrich Hertz
Tavalludi 22-fevral 1857
Vafoti 1-yanvar 1894
Fuqaroligi Gamburg
Otasi Gustav Ferdinand Hertz

Adabiyotlar

  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, genrix gers haqida ma’lumot. genrix gers nima? genrix gers nimani anglatadi?

Yuqori