Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid daraxtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ k

Abdusaid Koʻchimov

Abdusaid Koʻchimov — shoir, adib. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

Abdusaid Koʻchimov
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Mansab davri
1997-yil – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ganja Yoqubov
Vorisi Alisher Xoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-may 1951-yil (1951-05-15) (74 yosh)
Urgut tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

  • Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972).
  • Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan.
  • 1984-1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida maʼsul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi.
  • 1991-1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi.
  • 1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi.
  • 2017-yildan Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajarmoqda.

Ijodi

Ilk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid daraxtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. „Baland tog’lar“ (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sheʼrlari kiritilgan. Abdusaid Koʻchimov Halqaro YUNESKO mukofoti, Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Abdusaid Koʻchimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. 4 tomli yangi kitobi nashrdan chiqqan[manba kerak]

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdusaid koʻchimov haqida ma’lumot. abdusaid koʻchimov nima? abdusaid koʻchimov nimani anglatadi?

Yuqori