"Shuhrat" medali – Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5 may Qonuni bilan taʼsis etilgan.
| „Shuhrat“ medali | |
|---|---|
![]() | |
| Turi | medal |
| Taqdirlash asosi | iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ishlari uchun |
| Mamlakat | |
| Holati | topshiriladi |
| Taʼsis etilgan sanasi | 1994-yil 5-may |
| | |
| Mukofotlar tartibi | |
| Keyingi (yuqori) | Kelajak bunyodkori medali |
| Keyingi (quyi) | Sodiq xizmatlari uchun medali |
Nizomi
„Shuhrat“ medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Medal bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Shuhrat“ medalini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga binoan boshqa shaxslar topshiradi. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Shuhrat“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. „Shuhrat“ medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Tavsifi
„Shuhrat“ medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qotishma qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan boʻladi. Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida. Medalning old tomonida koʻtarilib kelayotgan quyosh nurlari ichida Oʻzbekiston iqtisodiy qudratining ramzi boʻlgan manzara boʻrtma yoʻsinda tasvirlangan. Medalning quyi qismida oq emal fonida qabariq harflarda „SUHRAT“ degan yozuv beriladi. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomondan boʻrtma doira bilan hoshiyalangan. Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Medalning qalinligi 3 millimetr. Medal respublika Davlat bayrogʻi ranglaridagi yoʻl-yoʻl shoyi mato sirilgan besh burchakli qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Koʻk, oq va yashil yoʻllarining eni 7 millimetrdan, qizil yoʻllarining eni 1,5 millimetr. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Medal toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
Taqdirlanganlar
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shuhrat medali haqida ma’lumot. shuhrat medali nima? shuhrat medali nimani anglatadi?
