Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2005—2024-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi rais

Alisher Xoʻjayev

Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2005—2024-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.

Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Mansab davri
2017-yil 30-avgustdan – 2024-yil 2-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi Bobur Alixonov
Vorisi Abdurashid Joʻraboyev
Mansab davri
2005-yil 15-apreldan – 2017-yil 3-fevralgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi Abdusaid Koʻchimov
Vorisi Xurshid Mirzohidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-yanvar 1963-yil (1963-01-26) (63 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiyasi

1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.

1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.

1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.

1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.

2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.

2005—2017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.

2017—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari.

2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan.

2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.

2024-yil 2-fevralda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimidan ozod etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlangan. Shu yil 28-mart kuni Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2025-yil 4-dekabrda Kinematografiya agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan boʻshatildi.

Oilasi

Qudasi – Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alisher xoʻjayev haqida ma’lumot. alisher xoʻjayev nima? alisher xoʻjayev nimani anglatadi?

Yuqori