Vladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktyabr, 1952-yil, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi.
| Vladimir Putin | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Rossiya Prezidenti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 7-may 2012-yil | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Hukumat boshligʻi | Viktor Zubkov (v. b.) Dmitriy Medvedev Mixail Mishustin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 7-may 2000-yil – 7-may 2008-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Hukumat boshligʻi | Mixail Kasyanov Viktor Xristenko (v. b.) Mixail Fradkov Viktor Zubkov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Boris Yeltsin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 8-may 2008-yil – 7-may 2012-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Prezident | Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Viktor Zubkov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Viktor Zubkov (v. b.) Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 16-avgust 1999-yil – 7-may 2000-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Prezident | Boris Yeltsin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Sergey Stepashin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Mixail Kasyanov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 27-may 2008-yil – 18-iyul 2012-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Viktor Zubkov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 7-may 2008-yil – 26-may 2012-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Boris Grizlov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Dmitriy Medvedev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 25-yanvar 2000-yil – 29-yanvar 2003-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Boris Yeltsin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Leonid Kuchma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 16-sentyabr 2004-yil – 20-may 2006-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Leonid Kuchma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Nursulton Nazarboyev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 1-yanvar 2017-yil – 31-dekabr 2017-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Almazbek Atambayev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Emomali Rahmon | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Xavfsizlik kengashi kotibi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 29-mart 1999-yil – 9-avgust 1999-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Prezident | Boris Yeltsin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Nikolay Bordyuja | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Sergey Ivanov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| FSB direktori | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansab davri 25-iyul 1998-yil – 9-avgust 1999-yilgacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Prezident | Boris Yeltsin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Oʻtmishdoshi | Nikolay Kovalyov | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Vorisi | Nikolay Patrushev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavalludi | 7-oktyabr 1952-yil Sankt-Peterburg | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Fuqaroligi | | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Siyosiy partiyasi | KPSS (1975—1991) Bizning uy – Rossiya (1995} «Birlashgan Rossiya»(2008—2012) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Turmush oʻrtogʻi | Lyudmila Putina (1983—2013) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Bolalari | qizlari: Katerina Tixonova Mariya Putina | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Kasbi | yurist, razvedkachi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Ilmiy unvoni | iqtisod fanlari nomzodi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Maʼlumoti | 1). Sankt-Peterburg universiteti; 2). KGB Oliy maktabi; 3). KGB Razvedka maktabi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mukofotlari | | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Mansubligi | | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Qoʻshin turi | KGB | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Xizmat yillari | 1975—1991 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Unvoni |
Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi. U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan.
Biografiyasi
Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).
- 1990-yildan Sankt-Peterburg universiteti rektorining yordamchisi,
- Sankt-Peterburg shahar kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg shahri meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—1994), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994—1996),
- Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—1998),
- Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—1998), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998-yil may — iyul),
- Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998-yil iyul — 1999-yil avgust), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999-yil mart — avgust).
- Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999-yil avgust — 2000-yil may), ayni paytda 1999-yil 31-dekabrdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
- 2000-yildan 26-martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-yil 14-martda ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti etib saylandi).
- 2012-yil 7-maydan eʼtiboran yana Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
Shaxsiy hayoti
Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vladimir putin haqida ma’lumot. vladimir putin nima? vladimir putin nimani anglatadi?






