Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alp Arslon (forscha: آلپ ارسلان)(20-yanvar 1029-yil — noyabr 1075-yil) — Saljuqiylarlarning ikkinchi sultoni (1063-1072), mohir sarkarda. Uning asl ismi Muhamma

Alp Arslon

Alp Arslon (forscha: آلپ ارسلان)(20-yanvar 1029-yil — noyabr 1075-yil) — Saljuqiylarlarning ikkinchi sultoni (1063-1072), mohir sarkarda. Uning asl ismi Muhammad ibn Dovud. 1071-yilda Vizantiya imperiyasi hukmdori Rim Diogen bilan jang qilgan Malazgirt jangidagi muvaffaqiyati bilan mashhur.

Hofiz Abruning “Majma’ at-tavorix” asaridan olingan miniatyura tasviri. Alp Arslonning Hirot taxtiga chiqishi (1029-yil 20-yanvar – 1072-yil 15-dekabr) tasvirlangan.

Gruziya (1064), Ozarbayjon (1064), Oʻrta Osiyo (1064-1065)ni zabt etgan. 1071-yil Mansikert yaqinida (Sharqiy Turkiyada, Van koʻli atrofida) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen (1068-1071) qoʻshinlari ustidan zafar qozongan, natijada Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini saltanatiga qoʻshib olgan (keyinchalik bu yerlarda Koʻniya sultonligi vujudga kelgan). Alp Arslon davrida mamlakat ishlarini mashhur vazir Nizomulmulk boshqargan. Alp Arslon Buxoroga yurish paytida vafot etgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alp arslon haqida ma’lumot. alp arslon nima? alp arslon nimani anglatadi?

Yuqori