Juan Marcos Foyth (1998-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot va markaziy himoyachisi.
![]() Foyth Argentina U20 safida 2017-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Juan Marcos Foyth | ||
| Tavallud sanasi | 12-yanvar 1998-yil | ||
| Tavallud joyi | La Plata, Argentina | ||
| Boʻyi | 1.88 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Villarreal | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| -2017 | Estudiantes | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2017 | Estudiantes | 7 | (0) |
| 2017-2021 | Tottenham Hotspur | 16 | (1) |
| 2020-2021 | → Villarreal (loan) | 16 | (0) |
| 2021- | Villarreal | 29 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2017 | Argentina U20 | 12 | (0) |
| 2018- | Argentina | 16 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-noyabr uchun) | |||
Professional faoliyatini oʻz shahrining „Estudiantes“ klubida boshlagan, u "Tottenxem" da Premer-ligada, „Vilyarreal“da esa La Ligada oʻynagan. U „Villyareal“ klubi bilan 2021-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻolib chiqqan.
Foyt Argentina terma jamoasi safida 2018-yilda debyut qilgan va 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Klublardagi faoliyati
Estudiantes
Buenos-Ayres provinsiyasining La Plata shahrida tugʻilgan Foyt oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan joyidagi klub „Estudiantes de La Plata“ bilan boshlagan. U bir necha yil Yoshlar akademiyasida dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynadi, soʻngra 16 yoshga toʻlgunga qadar markaziy himoyachi ampulasiga oʻtdi. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2017-yilning yanvarida imzolagan, bu esa uni klub safida 2019-yilning iyunigacha qolishiga sabab boʻlgan. Primeradagi debyutini 2017-yilning 19-martida, Patronato klubiga qarshi o‘tkazdi. U yana olti marta ligada oʻynadi va Sudamerikana kubogida ham ikkita oʻyin oʻtkazdi.
Tottenxem Hotspur
Foyt 2017-yilning 30-avgustida, besh yillik shartnoma asosida, 8 million funt sterling evaziga "Tottenxem" klubiga o‘tdi. U 19-sentyabr kuni „Tottenxem“ — „Barnsli“ EFL kubogi bahsida oʻz debyutini oʻtkazdi.
Foyt Premer-ligadagi debyutini 2018-yilning 3-noyabrida"Vulverxempton" jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinda amalga oshirdi. Oʻzining navbatdagi liga oʻyinida, „Kristal Pelas“ klubi mehmoni boʻlganida, u faoliyatidagi ilk golini urib, „Tottenxem“ ga gʻalaba taqdim etdi. 2019-yil 4-may kuni, u Tobi Alderveyreld o‘rniga tanaffusda maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng „Bornmut“ klubi himoyachisi Jek Simpsonga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
Vilyarreal
2020-yil oktyabr oyida, Foyt „Tottenxem“ bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi va keyin Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubiga ijaraga berildi. 22-oktyabr kuni oʻz debyutini o‘tkazdi va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida Turkiyaning „Sivasspor“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:3) g‘alaba qozondi. U turnirda yana 11 ta oʻyin oʻtkazdi.
Foyt 2021-yilning iyun oyida „Vilyarreal“ bilan 15 million yevro evaziga besh yillik toʻliq shartnoma imzoladi. U murabbiy Unai Emeri uchun oʻng qanotdagi asosiy oʻyinchiga aylandi.
Xalqaro faoliyati
Foyt 2017-yilda Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surgan. U yoshlar terma jamoasi safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi: to‘qqiztasi 2017-yilda Ekvadorda o‘tkazilgan Janubiy Amerika yoshlar futboli chempionatida va yana uchtasi 2017-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida.
Foyt 2018-yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Argentina terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi. U 16-noyabr kuni Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi va Argentinaga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Undan tashqari, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu o‘yindagi o‘yini uchun ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Foyt 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoaga chaqirilgan va musobaqadagi ilk oʻyinini Qatarga qarshi oʻtkazgan. U yana uchta bahsda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi va uchinchi oʻrin uchun Chiliga qarshi bahsda ular 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Shaxsiy hayoti
Argentinada tugʻilgan Foyt asli polshalik va Polsha pasportiga ega hisoblanadi. Uning bobosi va buvisining familiyasi Fojt deb yozilgan boʻlib, Argentinaga kelganida ular oʻzgartirilgan.
Foyt 2019-yil iyul oyida Argentinaning La-Plata shahrida oʻzining uzoq yillik maʼshuqasi Ariana Alonsoga uylandi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
- 2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar
| Jamoalar | Mavsumlar | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizyonlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Estudiantes | 2016-17 | Argentine Primera División | 7 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | — | 9 | 0 | ||
| Tottenham Hotspur | 2017-18 | Premier League | 0 | 0 | 5 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 8 | 0 | |
| 2018-19 | Premier League | 12 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 15 | 1 | ||
| 2019-20 | Premier League | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 7 | 0 | ||
| Umumiy | 16 | 1 | 7 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | — | 30 | 1 | |||
| Villarreal (loan) | 2020-21 | La Liga | 16 | 0 | 4 | 0 | — | 12 | 1 | — | 32 | 1 | ||
| Villarreal | 2021-22 | La Liga | 25 | 1 | 2 | 0 | — | 10 | 0 | 1 | 0 | 38 | 1 | |
| 2022-23 | La Liga | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | — | 6 | 0 | |||
| Umumiy | 45 | 1 | 7 | 0 | — | 23 | 1 | 1 | 0 | 76 | 2 | |||
| Umumiy koʻrsatkich | 68 | 2 | 14 | 0 | 3 | 0 | 31 | 1 | 1 | 0 | 115 | 3 | ||
- Appearance(s) in Copa Sudamericana
- Appearance(s) in UEFA Champions League
- Appearance(s) in UEFA Europa League
- Appearance in UEFA Super Cup
- Appearance(s) in UEFA Europa Conference League
Xalqaro
- 2022-yilning 16-noyabrigacha bo'lgam o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Argentina | 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 9 | 0 | |
| 2020 | 1 | 0 | |
| 2021 | 2 | 0 | |
| 2022 | 3 | 0 | |
| Jami | 16 | 0 | |
Yutuqlari
Tottenxem Hotspur
- UEFA Chempionlar Ligasida 2-oʻrin sohibi: 2018-19
Vilyarreal
- UEFA Yevropa ligasi : 2020-21
Argentina
- KONMEBOL — UEFA Chempionlar kubogi : 2022
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, juan foyth haqida ma’lumot. juan foyth nima? juan foyth nimani anglatadi?
