Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bertels Yevgeniy Eduardovich (1890-yil 13-dekabr yoki 25-dekabr, Peterburg — 1957-yil 7-oktyabr, Moskva) – sharqshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (195

Yevgeniy Bertels

Bertels Yevgeniy Eduardovich (1890-yil 13-dekabr yoki 25-dekabr, Peterburg — 1957-yil 7-oktyabr, Moskva) – sharqshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1956). Turkmaniston Fanlar akademiyasi (1951) faxriy aʼzosi.

Yevgeniy Bertels
Bertels Yevgeniy Eduardovich
Tavalludi 13 (25) dekabr 1890
Vafoti 7-oktyabr 1957
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR

Oʻzbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor (1928), filologiya fanlari doktori (1935). Peterburg universitetining ququqshunoslik (1914) va sharq (1918) fakultetlarini tamomlagan. Fanlar akademiyasi Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik instituti)da (1918—42, 1946-yildan umrining oxirigacha), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo davlat untida (1942—46) ishlagan. B. Yaqin va Oʻrta Sharqxalqlari, ayniqsa turkiy xalklar madaniyati, tili, adabiyoti, tarixiga oid nlmiy ishlar yaratgan. Sufnylik tariqati va adabiyotiga ayuhida eʼtibor bergan. Mazkur sohalar boʻyicha matnshunoslik maktabi asoschilaridan biri. Firdavsiy (1935), Nizomiy (1940), Navoiy (1948), Jomiy (1949) ijodi haqida monografiyalar yaratgan. Nizomiyning „Iskandarnoma“ asarining ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1948), Firdavsiy „Shohnoma“sining ilmiytanqidiy matnini tayyorlashda rahbarlik qilgan. Fors, oʻzbek, tojik, turkman adabiyotlari tarixidan ocherklar yozgan (1928—35). Oʻzbek yozuvchilari, jumladan Oybek va uning „Navoiy“ romani haqida ilmiy tadqikrtlar olib borgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bertels Yevgeniy Eduardovich (Bibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obshestvennix nauk Oʻzbekistana], |t. 1], T., 1976.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yevgeniy bertels haqida ma’lumot. yevgeniy bertels nima? yevgeniy bertels nimani anglatadi?

Yuqori