- Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Tursunov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich (oʻzbekcha: Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович, 1954-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonning harbiy arboblaridan biri, sobiq Mudofaa vaziri (1997—2000). General-polkovnik.
| Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich | |
|---|---|
Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri | |
| Mansab davri 1997-yil – 2000-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Ahmedov |
| Vorisi | Yuriy Agzamov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 18-iyun 1954-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Biografiyasi
Maʼlumoti – oliy, 1977-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1989-yilda Moskva bronetank qoʻshinlari akademiyasini bitirgan. 1991-yilgacha SSSR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida faoliyat yuritgan. 1991—1997-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 29-sentyabrda Prezident Islom Karimov uni Mudofaa vaziri etib tayinlagan. 2000-yil 20-fevralda isteʼfoga ketgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hikmatilla tursunov haqida ma’lumot. hikmatilla tursunov nima? hikmatilla tursunov nimani anglatadi?