Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sharh surasi (arabcha: سورة الشرح‎‎, nomining maʼnosi — Ochmoq, keng qilmoq) — Qurʼonning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonnin

Sharh surasi

Sharh surasi (arabcha: سورة الشرح‎, nomining maʼnosi — Ochmoq, keng qilmoq) — Qurʼonning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 596–597-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 12-boʻlib nozil boʻlgan.

Tiyn    94–sura   Zuho
Sharh surasi — سورة الشرح
Qurʼon nusxalaridan biridagi Sharh surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 8, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 94, qora rangda - suraning ikkinchi nomi - Nashroh surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 12, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:94, 3. Nozil boʻlish tartibi:12, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:8, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ochmoq, keng qilmoq
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 596–597
Juz 30
Sura raqami 94
Oyatlar soni 8
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1
Muqattaot harflari yoʻq
Nozil boʻlish tartibi 12

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Tiyn surasi  Keyingisi 94 Oldingisi  Zuho surasi
Nozil boʻlish tartibi
Asr surasi   Keyingisi 12 Oldingisi  Zuho surasi
                                   

Sharh - ochish. Bu yerda Rasululloh dillarining ilm-u hikmat bilan ochilishi muroddir.

Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) koʻksingizni (ilm-u hikmatga) keng ochib qoʻymadikmi?!

2. Sizdan yukingizni olib qoʻydik,

3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir boʻlgan baʼzi kichik sahv-u xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qoʻydik.

5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq boʻlsangiz, (oʻrningizdan) turing

8. va Rabbingiz sari ragʻbat (bilan iltijo) qiling!

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sharh surasi haqida ma’lumot. sharh surasi nima? sharh surasi nimani anglatadi?

Yuqori