Bugʻa al-Kabir (arabcha: بُغا الكبير), shuningdek, Bugʻa at-Turkiy (arabcha: بُغا التركي) – IX asrda Abbosiylar xalifaligiga xizmat qilgan xazar generali.
| Bugʻa al-Kabir | |
|---|---|
| Asl ismi | arabcha: بُغا الكبير |
| Tavalludi | tax. 770 |
| Vafoti | 862-yil avgust Samarra |
| Fuqaroligi | Abbosiylar xalifaligi |
| Xizmatdagi yillari | tax. 830 – 862 |
| Qoʻmondonlik qilgan | Abbosiylar turkiy polki |
| Jang/urush |
|
| Bolalari | Musa ibn Bugʻa al-Kabir |
Bugʻa xazar millatiga mansub boʻlib, 819/820-yilda al-Muʼtasim uni oʻgʻillari bilan birga harbiy qul (gʻulom) vazifasida oʻz xizmatiga olgan. Bugʻa ismi birinchi marta 825-yilda tilga olingan. Soʻngra 835-yilda Bobak Xurramdinning xurramiy isyonchilariga qarshi kurashda qoʻshimcha kuchlarni boshqarganida yana eslab oʻtilgan. Bugʻa al-Muʼtasimning 838-yilgi Amorium yurishida ham qatnashgan boʻlib, u yerda orqa qoʻshinni boshqargan va keyinchalik xalifaning xos mahrami vazifasida xizmat qilgan. 844/845-yilda Bugʻa Markaziy Arabiston hududidagi badaviy qabilalar isyonini bostirgan.
Bugʻa 850—855-yillardagi arman qoʻzgʻolonini bostirishda muhim rol oʻynadi. 852-yilda xalifa al-Mutavakkil unga mazkur isyonni bostirish vazifasini topshirdi. Diyor Bakrdagi qarorgohidan yoʻlga chiqqan Bugʻa avvaliga Armanistonning janubiy qismiga, yaʼni Vaspurakan va Van koʻli hududlariga eʼtibor qaratdi. Soʻngra shimolga, Dvin, Iberiya va Albaniyaga yoʻl oldi. Ushbu yurishlar davomida isyonkor Tiflis amiri Is’hoq ibn Ismoilni ham magʻlub etdi hamda Tiflisni talon-taroj qilib, yondirib yubordi. 853-yil oxirida mamlakatni boʻysundirib, koʻplab Kavkaz amaldorlari va hukmdorlarini (eristavi va naxarar) asirga oldi. Asirlar orasida Grigor-Derenik Artsruni, uning amakisi Gurgen va otasi Ashot I ham bor edi. Ularning barchasi xalifalik poytaxti Samarraga joʻnatildi.
Bugʻa 857/8-yilda Vizantiya imperiyasi bilan chegara hududiga (tugʻur) joʻnatilgan boʻlib, u yerda oʻzini koʻrsatdi va keyingi bir necha yil davomida shu hududda qoldi. Shunday qilib, Bugʻa Mutavakkil oʻldirilishi vaqtida Samarradan tashqarida boʻlgan, biroq bu haqida xabar topishi bilanoq darhol ortiga qaytib kelgan. Mutavakkilning vorisi al-Muntasir vafot etganidan bir necha oy oʻtgach, Bugʻa va Abbosiylar qoʻshinining boshqa turkiy sarkardalari al-Musta’inni yangi xalifa etib tanladilar. Bir necha oydan soʻng Bugʻa 862-yilning avgust oyida, taxminan „90 (qamariy) yoshdan oshgan“ paytida vafot etdi. Oʻgʻli Musa va keyingi avlodlari IX asr oxirlarida Samarradagi yuqori sud va harbiy lavozimlarda xizmat qilishgan.
Adabiyotlar
- Golden, Peter. Хазары, евреи и славяне (ru). Jerusalem and Moscow: Gesharim, 2005. ISBN 5-93273-196-6.
- Gordon, Matthew S.. The Breaking of a Thousand Swords: A History of the Turkish Military of Samarra (A.H. 200–275/815–889 C.E.). Albany, New York: State University of New York Press, 2001. ISBN 0-7914-4795-2.
- Hovannisian, Richard G.. The Armenian People From Ancient to Modern Times, Volume I: The Dynastic Periods: From Antiquity to the Fourteenth Century. Palgrave Macmillan, 2004. ISBN 1-4039-6636-2.
- Kennedy, Hugh. The Armies of the Caliphs: Military and Society in the Early Islamic State. London and New York: Routledge, 2001. ISBN 0-415-25093-5.
- Pipes, Daniel. Slave Soldiers and Islam: The Genesis of a Military System. Yale University Press, 1981. ISBN 0-300-02447-9.
- Sourdel, D. (1960). "Bughā al-Kabīr". in Gibb, H. A. R.. Encyclopaedia of Islam. Volume I: A–B (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 1287. OCLC 495469456. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Bugh%C4%81+al-Kab%C4%ABr&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bugʻa al-kabir haqida ma’lumot. bugʻa al-kabir nima? bugʻa al-kabir nimani anglatadi?